Moddaning sindirish ko'rsatgichining
yorug'lik rangiga bog'liqligi
dispersiyasi deb ataladi.
• Dispersiya hodisasini tajribada birinchi bo'lib I. Nyuton
1666 yilda kuzatgan. U qorong'u xonada joylashgan
prizmaga tuynuk orqali ingichka oq yorug'lik nur
dastasini tushirdi. Nyuton yorug'lik nurlarinining
prizmadan o'tib sinishda sinish burchagining qiymati
yorug'lik rangiga bog'liq ekanligini aniqladi. Prizmaga
tushgan ingichka nur bog'lami prizmada turli rangdagi
nurlarga ajralar ekan. Agar ajralgan nurlarni ekranga
tushirilsa, xuddi kamalakdagidek asosan 7 xil ranglardan
iborat qizil, to'q sariq, sariq, yashil, hovorang, ko'k va
binafsha ranglardan iborat spektrlarni ko'rish mumkin(l-
rasm).
• Yorug'likning to'lqin tabiatini tasdiqlovchi hodisalaridan
biri yorug'lik difraksiyadir. Yorug'lik to'lqinlarining
to'siqlarni aylanib o'tishi va geometrik soya sohasi
tomon og'ishi difraksiya deb ataladi. Yorug'lik
to'lqinlarining difraksiyani kuzatish uchun ma'lum bir
shart sharoitlar yaratilishi kerak. Yorug'likning to'lqin
uzunligi to'siq o'lchamiga juda yaqin bo'lganda difraksiya
kuzatiladi.
• Kichik diametrli tirqichli AB to'siqqa manbadan yorug'lik
nuri tushayotgan bo'lsin. Agar to'siq orqasiga ekran
joylashtirilsa, biz ekranda aniq soya bilan chegaralangan
yorug' dog' paydo bo'lganligini ko'ramiz(l-a, rasm). Agar
tirqich kengligi torayib borilsa soyaning chegarasi
buziladi. Ekrandagi dog' navbatlashib boruvchi yorug' va
qorong'u konsentrik aylanalar (halqalar) ko'rinishiga ega
bo'lgan ketma - ket soyalardan iborat bo'ladi
• Elektromagnit to’lqinlar tarqalganda fazoning har
bir nuqtasida davriy ravishda takrorlanuvchi elektr
va magnit maydonlarining o’zgarishi sodir bo’ladi.
Bu o’zgarishlarni fazoning har bir nuqtasidagi
kuchlanganlik vektorlari E va H ning tebranishi
ko’rinishida tasvirlash mumkin. Elektromagnit
to’lqinda E va H vektorlarning tebranishlari o’zaro
perpendikulyar bo’ladi. Elektromagnit to’lqin
kuchlanganlik vektori va uning tarqalish yo’nalishi
orqali o’tuvchi tekislik qutblanish tekisligi deyiladi.
Yorug’lik to’lqininning elektr maydon
kuchlanganlik vektori(E) bitta yassi tekislikda
tebranayotgan bo’lsa, bunday yorug’lik to’lqini
qutblangan bo’ladi
.