To'lqin oprikasi
1. Yorag'likning to'lqin tabiati
2. Yorug'lik interferensiyasi
3. Yorug'lik dispersiyasi
4. Yorug'lik difraksiyasi
5. Yorug’likning qutblanishi
• Yorug'likning tabiati haqida birinchi ilmiy gipoteza XVII
asrda aytilgan. 1672 yilda I. Nyuton yorug'likning
korpuskulyar (lotincha korpuskula–zarracha demakdir)
nazariyasiga asos soldi. Bu nazariyaga ko'ra yorug'lik
manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalar oqimidan
iborat. Shu davrda X. Oxugens tomonidan yorug'likning
to’lqin nazariyasi ishlab chiqildi. X. Gyugensning
tasavvurlariga ko'ra, yorug'lik alohida muhitda
tarqaluvchi va barcha jismlar ichiga singuvchi to'lqindan
iboratdir.
• Ikkala nazariya ham alohida-alohida uzoq vaqt mavjud
bo'lib keldi va yorug'lik tarqalishining o'sha vaqtda
tajribalardan ma'lum bo'lgan qonunlarini ikkala
nazariya ham ma'lum darajada izohlab berar edi.
• XIX asrning boshida yorug'likning
difraksiyasi(yorug'likning to'siqlarni aylanib o'tishi)
va yorug'lik interferensiyasi (yorug'lik dastalari bir
birini ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi
yoki zayiflashuvi) hodisalarining kashf etilishi va bu
hodisalar faqat to'qin harakatlari natijasida yuzaga
kelishi mumkinligi sababli, yorug'likning to’lqin
nazariyasi, yorug'lik to'g'risidagi korpuskulyar
nazariya ustidan uzul-kesil g'alaba qildi. Bunday
ishonch XIX asrning ikkinchi yarmida Maksvellning
yorug'lik elektomagnit to'lqinlarning xususiy holi
ekanligi to'g'risidagi gipotezadan keyin yuzaga
keldi. Yorug'lik nuri to'lqin uzunligi 400 nm dan 780
nm gacha bo'lgan elektomagnit tebranishlarning
fazodagi tarqalishidir.
• Maksvel nazarriyasiga asosan elektromagnit
to'lqinlar chekli tezlik bilan tarqaladi.
Elektromagnit to'lqinning tarqalish tezligi to'lqin
tarqalayotgan muhitning elektr va magnit
hossalari bilan aniqlanadi:
0
0
1
• Yorug'lik yo'lqin tabiatini tasdiqlovchi
tajribalardan biri yorug'lik interferentsiyasidir.
Yorug'lik interferentsiyasini tushuntirish uchun
kogerent yorug'lik manbalari tushunchasini
kiritish lozim. Kogerent yorug'lik manbalari deb
bir xil chastotali va fazalar farqi o'zgarmas bo'lgan
tebranishlarni yuzaga keltiruvchi to'lqin manbaiga
aytiladi. Odatda, bitta yorug'lik manbaidan
chiqayotgan to'lqinni biror usul bilan ikki kogerent
to'lqinga ajratiladi.
• Yorug'lik interferentsiyasini kuzatish uchun kogerent
manbalardan foydalanish lozim. Odatda, kogerent
manbalar. Frenel biprizmasi, Yung usuli, yupqa
plastinkada, ponada, Nyuton halqalarida, va boshqa
ko'pgina usullar yordamida hosil qilinadi. Yorug'lik
interferentsiyasini kuzatishning ikkinchi asosiy sharti–
kogerent to'lqinlar qo’shilishidan oldin yo'llar farqini
hosil qilishi kerak, ya'ni ikki kogerent to'lqin bosadigan
optik yo'llar farqi butun yoki yarim to'lqin uzunligiga
teng bo'lishi kerak. Yuqorida qayd qilingan ikki shart
bajarilganda yorug'lik interferentsiyasi kuzatiladi.
Yoruglik interferentsiyasi deb, ikki kogerent to'lqinning
fazoda qo'shilib ular energiyasi (intivsivligi)ning qayta
taqsimlanishiga, ya'ni o'zaro kuchayishiga yoki
susayishiga aytiladi.
• M
1
va M
2
manbalardan chiqayotgon kogerent
to'lqinlar A nuqtada uchrashayotgan bo'lsin. M
1
manbadan chiqayotgan to'lqin A nuqtaga
yetguncha L
1
yo'lni, M
2
manbadan chiqayotgan
to'lqin A nuqtaga yetguncha L
2
yo'lni bosib
o'tadi.
• Bunda yo'llar farqi ΔL= L
2
–L
1
ga teng bo'ladi.
• Agar optik yo'llar farqi yorug'lik to'lqinining
yarim uzunligiga juft karrali bo'lgan xolda, yani
m
m
L
2
2
Dostları ilə paylaş: |