Top-up-rules-uz docx


Sayt – Humans’ning rasmiy sayti www.humans.uz. 1.11. Chardjbek



Yüklə 396,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix14.04.2022
ölçüsü396,75 Kb.
#55383
1   2   3   4
top-up-rules-uz-1

Sayt – Humans’ning rasmiy sayti www.humans.uz.

1.11. Chardjbek – Karta Egasi e’tirozi asosida Bank kartasi vositasida amalga

oshirilgan jarayonlarni emitent-bank tomonidan haq-huquq talashish jarayoni

1.12.

Joriy Qoidalarda foydalaniladigan boshqa atamalar Humans aloqa



xizmatlarini ko’rsatish Shartlarida belgilangan ma’noda qo’llaniladi.

2.

QOIDALARNING AMALI



2.1.

Joriy Qoidalar To’lovchilar tomonidan Mijoz Shaxsiy hisobvaraq balansining

to’ldirilishi tartibini boshqaradi. Humans to’lovni amalga oshirish, to’lovlarni qayta

ishlab chiqish va boshqa shu kabi xizmatlar bo’yicha to’lov yoki bank xizmatlarini

ko’rsatmaydi. Bunday xizmatlar Humans bilan tuzilgan shartnoma asosida va



tegishli litsenziyalarga ega bo’lgan banklar yoki hisob tashkilotlari tomonidan

ko’rsatiladi.

2.2.

Saytda va (yoki) Mobil ilovada To’ldirish uchun Rekvizitlarni kiritish bo’yicha



amaliyotni bajarishi To’lovchining joriy Qoidalar bilan tanishib chiqqanini

tasdiqlaydi va To’lovchi tomonidan joriy Qoidalarga to’liq, shartsiz roziligidan

dalolat beradi.

2.3.


To’lovchining joriy Qoidalarda bayon qilingan shartlardan istalgani bilan

norozilik holatida To’lovchi To’ldirish amaliyotini amalga oshirmasligi lozim.

2.4. To’ldirish jarayonini har bir To’lovchi amalga oshirishi mumkin, faqat To’ldirish

imkoniyati

to’xtatilgani,

Qoidaning

4.2.2-bandiga

muvofiq,


shuningdek

Humans’ning joriy Qoidalar amaliyotlari va To’ldirish imkoniyatlari yopilishi holatlari

bundan mustasno.

3.

TO’LDIRISH TARTIBI



3.1.

To’lovchi tomonidan to’lov Saytda va (yoki) Mobil ilovada amalga oshirilishi

mumkin.

3.2.


To’ldirish shakliga Rekvizitlarni kiritishda To’lovchi mustaqil ravishda

Mijozning o’z raqami, Bank kartasirekvizitlari, To’ldirish summasini nazorat qiladi

va To’ldirish uchun boshqa zarur Rekvizitlarning aniqligi va to’g’riligiuchun

javobgardir. To’lov jarayonini yakunlash oldidan To’lovchi To’ldirish uchun o’zi

kiritgan Rekvizitlarni diqqat bilanqayta tekshirishi lozim.

3.3.


Agar To’lovchi bilan Karta Egasi farqli chiqsa, mos kelmasa, u holda

To’lovchi Karta Egasi tomonidan To’ldirishjarayoni uchun vakolatlangani, Karta

rekvizitlari To’lovchi tarafidan Karta Egasidan ruxsatsiz olinmaganligi, xususan,

Karta o’g’irlanmaganligi, karta rekvizitlaridan noqoniy nusxa ko’chirib olinmagani




yoki Karta egasini aldab, qing’iryo’llar yoki firibgarlik bilan olinmaganligiga kafolat

beradi va h.k.

3.4.

To’lovchi To’ldirish shaklida barcha talab etilgan Rekvizitlarni kiritishda, shu



bilan birga “Hisobni to’ldirish” tugmasi (yoki shunga o’xshash nomli tugma)ni

bosishda, Bank kartasi bo’yicha jarayon tugallanganini tasdiqlovchi kodkiritilganda

(emitent-bank, to’lov amallarini bajaradigan tashkilot va (yoki) Humans tarafidan

bu tasdiq so’ralganholatlarda) va Bank Kartasidan pul mablag’lari o’tkazilgan

vaqtdan boshlab To’lov yakunlangan deb hisoblanadi.

3.5.


Shaxsiy hisob balansini to’ldirish Humans tomonidan To’ldirish tugallangan

vaqtdan boshlab bir sutka (24 soat) davomida amalga oshiriladi.

3.6. Qoidaning 3.4.-bandlarida ko’rsatilganidek, To’ldirish yakunlanganidan keyin,

To’lovchi To’ldirish uchun mablag’ summasini qaytarishni talab qilish yoki shu

jumladan mijoz raqami yoki To’ldirish summasini noto’g’ri ko’rsatganligi asosida

To’ldirishni bekor qilish huquqiga ega emas.

4.

TOMONLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI



4.1. Humans majburiyatlari:

4.1.1. Texnik imkoniyati mavjudligida Humans To’ldirish jarayonini amalga oshirish

uchun Sayt va Mobil ilovafaoliyatini ta’minlashni zimmasiga oladi;

4.1.2.


Humans

Qoidalarda belgilangan shartlar va tartibda To’lovchilarga

To’ldirishni amalga oshirish imkoniyatiniberish mas’uliyatini o’z zimmasiga oladi.

4.2. Humans huquqlari:

4.2.1. Humans bir tomonlama tartibda joriy Qoidalarga o’zgartirishlar kiritishga

haqli;


4.2.2. Humans quyidagi holatlarda bir tomonlama tartibda ma’lum bir Shaxsiy

hisobni to’ldirishni rad etishga haqli:




4.2.2.1. To’lovchiga nisbatan joriy Qoidalar buzilish holatlari aniqlangan bo’lsa,

agar hujjatlarni ko’rib chiqish va axborotlar tahlili natijasida Humans To’lovchi

xatti-harakatlarida huquqlarini suiste’mol qilganlik va insofsizlik ahloqi alomatlari

bo’lgani to’g’risidagi xulosaga kelganda;

4.2.2.2. To’ldirish amalga oshirilayotgan Karta Egasi To’lov bo’lganini rad etsa

(yoki amalga oshirilgan To’ldirishlar yuzasidan rad etgan bo’lsa) va (yoki) u

tarafidan To’ldirishga ruxsat berilganini inkor qilgan holda;

4.2.2.3. Ma’lum bir Shaxsiy hisob yoki Mijoz borasida To’ldirish jarayoni bo’yicha

Chardjbek olingan bo’lsa;

4.2.2.4. Boshqa hollarda Humans tomonidan gumon qilinishga asoslari yetarlicha

bo’lib, quyidagi shubhali tuyulgan harakatlar amalga oshirilsa: To’ldirish Karta

Egasining ruxsatisiz yoki qonunga zid harakatlarni amalga oshirish maqsadlarida,

yoki To’ldirish bo’yicha jarayonlar shubhali tusga ega bo’lganda, yoxud To’lovchilar

tomonidan amalga oshiriladigan To’lovlar odat doirasidan chiqayotganida;

4.2.3. Shuningdek, Qoidalarning 4.2.2.1 – 4.2.2.4-bandlarida bayon qilingan

vaziyatlar yuzaga kelsa, Humans To’ldirish jarayonining barcha tafsilotlarini

oydinlashtirish yoki Karta Egasidan tasdiqnoma olmaguniga qadar Shaxsiy

hisobni To’ldirishni vaqtincha to’xtatib turishi mumkin;

4.2.4. Humans To’lovchi va (yoki) Mijozdan To’lovni amalga oshirshni tasdiqlovchi

hujjatlar va ma'lumot, Karta Egasidan To'lovga rozilik bildirishi va To'lovchining

harakatlari vijdonan amalga oshirilayotganini tasdiqlashni so’rash huquqiga ega.

So’ralgan hujjatlar va ma’lumotlarni To’lovchi tegishli so’rov olingan muddatdan

boshlab 5 kundan kechiktirmay taqdim etishi shart.

4.3. To’lovchi majburiyatlari:

4.3.1 To’lovchi Qoidalarning shartlari, To’lovni amalga oshirish shartlari, To’lov

uchun Rekvizitlar kiritish tartibi bilandiqqat-e’tibor bilan tanishib chiqishi,

shuningdek,

Saytda


avval

e’lon


qilingan

Qoidalardagi

o’zgarishlarni

muntazamkuzatib borishi lozim;

4.3.2 To’liq hajmda joriy Qoidalardagi talablarga amal qilishi lozim.

4.4 To’lovchi huquqlari:

4.4.1 To’ldirish shartlari, Qoidalar shartlari to’g’risida ishonchli ma’lumot olishi;



4.4.2 Muammolar yuzaga kelganda Mobil ilova yoki Saytdagi maxsus bo’lim orqali

qo’llab-quvvatlash chatiga murojaat qilishi;

4.4.3

To’lovchi haq-huquqlari buzilishi holatlarida Humansga e’tirozlar bilan



murojaat qilishi mumkin. E’tiroz Mobil ilovadagi qo’llab-quvvatlash chati orqali

To’lovchi haq-huquqlari buzilgan vaqtdan boshlab 10 kun ichida jo’natiladi. Agar

To’lovchi

To’lov kunidan boshlab 10 kun ichida asosli e’tirozlarini bildirmasa,

To’lov joriy Qoidalarga muvofiq amalga oshirilgan va To’lovchining Humansga

e’tirozlari yoq hisoblanadi.

4.5.

To’lov doirasida bajarilmagan yoki to’g’ri bajarilmagan majburiyatlar uchun,



shuningdek, quyidagi vaziyatlar natijasida keltirilgan ziyon uchun Humans

mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi:

- To’lovchi, Abonent, Karta Egasi yoki uchinchi shaxslar tomonidan To’ldirish

bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan Humans’ning, uning

hamkorlarining yoki uchinchi shaxslarning axborot xavfsizligi yoki qurilmalarining

normal faoliyatini qonunga zid tarzda buzishga qaratilgan harakatlari, shuningdek,

ruxsatsiz To’ldirishni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar uchun;

- Koddagi xatolar, kompyuter viruslari va Humans qurilmasidagi dasturiy

ta’minotda boshqa kod fragmentlari tufayli Mobl ilova yoki Saytdagi buzilishlar;

- To’lovchiga bank va/yoki to’lov xizmatini ko’rsatuvchi banklar yoki to’lov

tashkilotlaridagi qurilmaning buzilishi, shuningdek, boshqa qilingan/qilinmagan

harakatlar oqibatida Humans To’ldirishni amalga oshirishi uchun kerak bo’lgan

ma’lumotni olmaganida

5.

YAKUNIY QOIDALAR



5.1 Joriy Qoidalar Saytda ular e’lon qilinishi sanasidan boshlab kuchga kiradi.

5.2.


Humans bir tomonlama tartibda istalgan paytda Qoidalarini o’zgartirish yoki

amalini to’xtatishga haqli. Humans Qoidalarni o’zgartirish yoki amalini to’xtatishi

to’g’risida Sayt va (yoki) Mobil ilovada xabardor etadi.

5.3.


Qoidalar amali Humans tomonidan muvofiq ma’lumotda ko’rsatilgan

muddatdan boshlab to’xtatiladi yoki o’zgartiriladi.




5.4.

Joriy Qoidalarda tartibga solinmagan barcha masalalar O’zbekiston



Respublikasi qonunchiligi muvofiq qo’llaniladi.

Yüklə 396,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin