Topografik sirtda nuqta tanlash



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116026
  1   2   3   4   5
T0.66994744136016120.773330500534297



Topografik sirtda nuqta tanlash. 
Gorizontallari 8, 9, 10, ... lar bilan berilgan topografik sirt ustida A nuqta 
berilgan (34-rasm). A nuqtaning son belgisini, ya’ni balandiligini aniqlash zarur 
bo`lsin. A nuqta 9 va 10 gorizontal oralig`ida joylashgan, uning balandligini topish 
uchun A nuqta orqali 9 va 10 gorizontallarni mos ravishda B va C nuqtalarda kesib 
o`tuvchi BC kesma o`tkazamiz va uning haqiqiy uzunligi (BC
1
)ni topamiz. Bunda 
CC
1
kesmaning uzunligi 1 metrni tashkil qiladi. Topilgan BC
1
kesma BC ning 
haqiqiy uzunligidir. Endi A nuqtadan CB ga perpendikulyar chizib A
1
ni 
aniqlaymiz va uning balandligini o`lchaymiz, u 9,6ga tengligi aniqlanadi. 
Bajarilgan barcha grafik ishlar tanlangan masshtab asosida olib boriladi. 
34-rasm 
Topografik sirtning oraliq qo`shimcha gorizontallarini yasash
 
Yer usti inshoatlari loyihalarini bajarishda ba’zan topografik sirtlar ustida 
qo`shimcha gorizontallar yasashga to`g`ri keladi. Masalan, 34-rasmda berilgan 
sirtning 10 va 11 gorizontallari orasida uning bir necha qo`shimcha gorizontallari, 
ya’ni 10,25; 10,5 va 10,75 belgili gorizontallarini yasash ko`rsatilgan. Buning 
uchun sirtning 10 va 11 gorizontallarini kesuvchi bir necha ihtiyoriy to`g`ri 
chiziqlar o`tkaziladi. Bu to`g`ri chiziqlarning D
10
E
11
F
10
K
11
va L
10
 M
11
kesmalari 
taxminan teng 4 bo`lakka bo`linib, ularning har birining mos ravishda 1, 2 va 3 
nuqtalari egri chiziq yoylari bilan silliq shtrix chiziqlar bilan birlashtiriladi. 
Natijada topografik sirtning 10,25; 10,5 va 10,75 belgili gorizontallari yasaladi. 
Topografik sirtning qiyalik chizig`i. 
Topografik sirtning gorizontallari orasidagi masofa shu sirt qiyaligining 
intervali (qo`ymasi) bo`ladi. 35-rasmda berilgan topografik sirtning 10 va 11 


gorizontallari oralig`ida berilgan K nuqtada shu sirtning qiyalik chizig`ini yasash 
kursatilgan. Ma’lumki, K nuqtadan berilgan sirtning qo`shni gorizontallari orasida 
cheksiz ko`p to`g`ri chiziq kesmalari (A
10
D
11
; B
10 
E
11 
va C
10
F
11
) ni o`tkazish 
mumkin. Bu kesmalarning H
0
tekislikka nisbatan og`ish (qiyalik) burchagi turlicha 
bo`lib, ular orasida eng kattasi B
10 
E
11 
kesmaning og`ish burchagidir. Chunki, bu 
kesma ikki qo`shni gorizontallar orasidagi eng qisqa masofani aniqlaydi. Demak, 
10 va 11 gorizontallar orasidagi sirt bo`lagining eng katta og`ma chizig`i bo`ladi. 
Bu chiziq sirtning tushish chizig`i yoki suvning oqish chizig`i deb ham yuritiladi. 
Sirtning eng katta og`ma chizig`ining proyeksiyasi topografik sirtning 
gorizontallariga o`tkazilgan urinmalarga perpendikulyar yo`nalishda bo`ladi. 36-
rasmda topografik sirtning eng katta og`ma chizig`ini yasash ko`rsatilgan. Bunda 9 
gorizontalning A
9
nuqtasidan 8-gorizontalga urinma yoy o`tkazilib, urinish nuqtasi 
V

bilan birlashtiriladi. So`ngra B
8
nuqtadan keyingi, ya’ni 7-gorizontalga urinma 
yoy o`tkazilib, urinish nuqtasi C
7
aniqlanadi va u B
9
bilan birlashtiriladi va h.k. 
A
9
B
8
C
7
... siniq chiziq topografik sirt uchun eng katta og`ma chiziq bo`ladi.
35-rasm 36-rasm 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin