Er sirtida gorizontal maydonchaning yonbag`ri qiyaliklarini yasash.
Balandligi 76m belgida bo`lgan gorizontal
maydonchaning tuproq
to`kiladigan qismining qiyaligi
i
T
q1:1 va tuproq kavlab
olinadigan joy qismining
qiyaligi
i
K
q1:1,5 bo`lsin. Maydonchaning yer sirti bilan va uning yonbag`ri qiyalik
tekisliklarining o`zaro kesishish chizig`ini yasash 41-rasmda ko`rsatilgan.
41-rasm
Yer sirtining 76-goizontali bilan maydoncha chegaralarining kesishish
nuqtalari
A va
B aniqlanadi. Bu nuqtalar kavlab olish va tuproq to`kish
ishlari
chegaralarini aniqlaydi. Maydonchaning tuproq to`kiladigan qismining qiyalik
masshtabini chizib unga
lq1q
i
T
q1q1:1q1 intervallarini qo`yamiz.
So`ngra 75, 74,... nuqtalardan qiya tekisliklarning gorizontallari o`tkazilib
bir xil belgililarining kesishish nuqtalari aniqlanadi. Bu nuqtalardan o`tuvchi
to`g`ri chiziq yonbag`irlarining kesishish chizig`i bo`ladi. Endi yonbag`ir
tekisliklarining gorizontallarini yer sirti mos belgili gorizontallarining o`zaro
kesishish
nuqtalarini aniqlanadi, ularni birlashtiruvchi chiziq yer bilan yonbag`ir
tekisliklarining o`zaro kesishish chizig`i bo`ladi.
A va
B nuqtalardan yer sirtining
ko`tarilish (ya’ni kavlab olish) qismiga
lq1q
i
K
q1q1:1,5q1,5 intervallarni qo`yamiz.
Maydonchaning aylana qismida kavlab olingan joy konus sirtini hosil qiladi.
Uning qiyalik masshtabi konus uchiga yo`naltirilgan bo`ladi. 77,78… belgilardan 0
markaz orqali gorizontallar (aylanalar) chizib ularni yer sirtining mos gorizontallari
bilan o`zaro kesishgan nuqtalari aniqlanadi va ular birlashtirilib kavlab olish ishlari
chegara chiziqlarini hosil qilamiz.
42- rasm
Gorizontal maydoncha qurishda ko’p uchraydigan er ishlari chegaralari va
topografik
sirtning yaqqol tasviri 42- rasm a)va b)da keltirilgan. Bu rasmdagi
elementlar quyidagicha nomlanadi:
1
topografik sirt;
2 topografik sirt gorizontallari;
3
gorizontal qurilish maydoni;
4 apparel;
5 ariqcha ( kyuvet );
6 qiya tekisliklar;
7
konus sirti;
8 bir xil qiyalikdagi sirt;
9 qiya tekisliklarning kesishish chizig’i;
10 konus sirtini qiya tekislik bilan kesishgan chizig’i;
11 qiya tekislikni bir xil qiyalikdagi sirt bilan kesishgan chizig’i;
12 qiya tekisliklarning topografik sirt bilan kesishgan chizig’i;