Toponimika va geografik terminshunoslik


 Aholining kasb - hunaridan olingan nomlar



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
8. Aholining kasb - hunaridan olingan nomlar
. Kasb - hunar bilan 
bog'liq holda paydo bo'lgan geografik nomlar o'rta va ayniqsa kichik (mikro) 
toponimlar orasida ko'p uchraydi. Moskva yaqinidagi Ximki shaharchasi
Sirdaryo viloyatidagi Paxtakor tumani, Qashqadaryodagi Chiroqchi, 
Dehqonobod shaharlari, Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor shahri shular 
jumlasidandir. Toshkentda Egarchi, O'qchi, Pichoqchilik, Zargarchilik, 
Choponbozor, Qalandarxona, Shifokorlar shaharchasi va boshqalar bor. 
O'rda, Xonaqo, Mahkama, Qoziko'cha kabi toponimlar ma'muriyatga tegishli 
tashkilotlar nomidan paydo bo'lgan. 
9. Shaxslarning ism
-
shariflari, tahalluslariga qo'yilgan 
geografik nomlar (antroponimlar). 
Dunyo xaritasida bunday nomlar tilga 
kirganda sayyoh va geograflar, yangi yer ochuvchi, noma'lum o'lkalarga 
borib, jonini garovga qo'ygan tadqiqotchi olimlar, ularning qilgan ishlari, 
yozilgan asarlari, qahramonliklari haqida ko'p bilib olardik. Afsuski, 
xaritalar gapirmaydi. Lekin bunday toponimlarda ana shunday kishilarning 
nomlari mangu saqlanadi. Ana shuning uchun ham joy nomlarini 
o'zgartirganda 
shu 
nomlar 
egalarining 
kimligini 
bilmasak, 
ko'p 
shoshmasligimiz zarur. Dunyo xaritasidagi Kuk, Bering, Magellan, Kolumb, 
Gudzon, Livingiston, Mikluxo - Maklay, Barens, Laptevlar, Bass, Flinders, 
Shokolskiy nomlari ana shunday nomlardandir. Jahon fani, madaniyati, 
ma'naviyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo'shgan allomalarning, vatan 
ozodligi, 
mustaqilligi 
uchun 
kurashgan, 
jonini 
fido 
qilgan 
vatanparvarlarning nomlari ham joy nomlarida mangu saqlanadi. Bunday 
nomlarga Beruniy, Navoiy, Ulug'bek, Al - Xorazmiy, Ibn Sino, Al -
Farg'oniy, Forobiy, Pushkin, Vashington, Jaloliddin Manguberdi kabi 
nomlarni kiritish mumkin.
Ba'zan davlat boshliqlari, podshohlar, sayyoh va tadqiqotchilarning 
sevikli kishilari, hatto qaroqchilar nomlari ham xaritada abadiylashib qoladi. 
Masalan, Angliya qirolichasi Viktoriya, mashhur dengiz qaroqchisi Dreyk 
nomlari ham xaritada abadiylashib qolgan.
Kishilarning ism - sharifi, tahallusi bilan bog'liq nomlarni memorial 
va oddiyroq nomlarga ajratish mumkin. Memorial nomlarga haqiqatan 
haqiqiy buyuk kishilar, ya'ni zamon, jamiyat qanday bo'lishidan qat'iy nazar 
hurmat bilan tilga olinadigan, butun insoniyatga xizmat qilgan shaxslar 
nomlarini kiritish mumkin. Bunday nomlar har qanday jamiyatda saqlanib 


20
qoladi. 
Qanday 
nomlar 
memorial 
ekanligini 
vaqt 
belgilaydi. 
Mikrotoponimlar orasida shaxslarning ism - shariflari, tahalluslari bilan 
bog'liq nomlar juda ko'p. Lekin ularning ko'pchiligi zamon o'zgarishi bilan 
o'zgarib ketadi, yangi nomlar bilan almashinadi. Bunday nomlar memorial 
nomga kiritilmaydi. General Chernyayev nomi bilan atalagan Chernyayevka, 
general Kaufman sharafiga qo'yilgan Kaufmanskaya stansiyasi, Skobelev
sho'ro qo'mondonlaridan Frunze, Kuybishev (shaharlari) nomlari shunday 
nomlar bo'lib, ular nomlari almashtirildi.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin