Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
tarjima terminlari
paydo 
bo'ldi. Ayrim terminlar kalka yo'li bilan tarjima qilindi: 
водораздел -
suvayirg'ich, водохранилище–suv ombori, плоскогорье–yassi tog'lik, 
полнолунье
-
to'lin 
oy, 
ледокол–muzyorar, 
лeдорез–muzkesar, 
дождемер–yog'uno'lchagich 
kabi.
Mustaqillik davridan boshlab darsliklar, o'quv qo'llanmalari 
mahalliy, o'lkashunoslik prinsiplariga amal qilgan holda o'zbek tilida 
yozilib, nashr etila boshlandi.
Xalq terminlari (atamalari)
Xalq terminlari umuman terminlarning muhim turlaridan biri 
bo'lib, ilmiy terminlarning milliy - mahalliy xususiyatlarini aks ettiradi. 
Qomusiy geograf olim L.S.Berg ta'rifi bilan aytiladigan bo'lsa, xalq tilida 
bitmas - tuganmas boylik bor, bu - ilmiy terminlarni kengaytiruvchi 
manbadir. 
Ayrim geografik ilmiy tadqiqotlarda xalq terminlarini mahalliy 
terminlar deb atashadi. Qozog'istonlik G.Konkoshbayev ko'proq xalq 
geografik terminlari iborasini, ozarbayjonlik M.Geldixonov esa mahalliy 
geografik terminlar iborasini ko'proq ishlatadi. Mahalliy geografik 
terminlar iborasi ko'proq lokal xarakterga ega bo'lib, muayyan bir hududga 
oid bo'ladi. Xalq geografik terminlari iborasi esa kengroq ma'no kasb 
etadi. 
Xalq terminlarining asosiy manbalari quyidagilardir:
1. Xalq og'zaki ijodi - folklori.
2. Qadimgi qo'lyozma manbalar.


67
3. Turli lug'atlar, ensiklopediyalar.
4. Yirik masshtabli topografik xaritalar.
5. Sharqshunoslarning asarlari.
Xalq terminlarini to'plash, saralash va tasniflash muhim 
vazifalardan biri bo'lib, ularni to'plash uchun ilmiy terminologik 
ekspeditsiyalar uyushtirish zarur bo'ladi. Bunday ilmiy ekspeditsiyalar 
uzoq qishloqlarga, tog' vodiylari va daryo bo'ylaridagi aholi punktlariga 
uyushtirilishi lozim. Sababi, bunday aholi punktlarida xalq terminlari 
o'zgartirilmasdan, uzoq yillardan buyon ishlatilib kelinadi. Bundan 
tashqari, ayrim xalq an'analari, va urf odatlari qadim zamonlardan 
saqlanib kelinmoqda va bu hodisa xalq terminlarida o'z aksini topgan. 
Masalan, Janubiy O'zbekistonda - buloqlarning atrofini tozalash, ko'zini 
ochish maqsadida uyushtiriladigan hashar teganak (taganak) deb yuritiladi 
va bu marosim ajdodlardan meros bo'lib, hozir ham amalga oshirib 
kelinmoqda. Bu va shunga o'xshash ko'plab xalq terminlarini mahalliy 
aholi, asosan qariyalar bilan suhbatlar chog'ida to'plash mumkin.
Xalq geografik terminlarining muhim manbalaridan biri qadimgi 
qo'lyozma manbalardir. Yuqorida qayd etilganidek Yusuf Xos Hojibning 
“Qutadg'u bilig”, Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk” asarlari 
eng qadimiy yaxlit manbalardir.
Turli davrlarda yozilgan lug'atlar, ensiklopediyalar ham xalq 
geografik terminlarini to'plashning muhim manbalaridan hisoblanadi. 
Ilmiy baynalmilal terminlar qatoridan o'rin olgan xalq geografik 
terminlarini ko'proq yirik sharqshunos olimlarning asarlaridan to'planadi. 
O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston hududiga oid ko'plab ilmiy asarlar 
yozgan yirik sharqshunos olim V.V.Bartold turkiy (o'zbek) xalq geografik 
terminlaridan ko'p foydalangan. 
Tabiiy geografiyaga oid o'zbek (turkiy) xalq geografik terminlarini 
(XGT) quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 
1. Geografik o'rinni bildiruvchi XGT;
2. Relyefni bildiruvchi XGT;
3. Iqlimga oid XGT;
4. Gidrologiyaga oid XGT;
5. Tuproqshunoslikka oid XGT;
6. Biogeografiyaga oid XGT;
7. Landshaftshunoslikka oid XGT;
8. Tog' jinslariga oid XGT.


68
Ayrim xalq geografik terminlari E.M.Murzayev ta'biri bilan 
aytganda, anatomik terminlar - inson tanasi a'zolari nomlari bilan bog'liq. 
Quyida ulardan ayrim namunalar keltiriladi. 

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin