42
Bolosog’un ekanligi ma'lum. Qashg’arda yozib tugatilgan asar, qo'shni
mamlakatlarga keng tarqalib, xalq tilida turlicha nomlangan.
Chinlar (xitoylar) uni “Adab - ul - mulk”, mochinliklar (Sharqiy
turkistonliklar) “Anis ul mamolik”, eronliklar “Shoxnoma”, turonliklar
“Qutadg'u bilik” deb ataganlar. Asar xalq orasida juda yaxshi ma'lum bo'lgan
va keng tarqalgan. XIX asrda Yoyiq (Volga) daryosi qirg'og'ida joylashgan
Saroychuq shaharchasi yaqinida topilgan oddiygina sopol ko'zachaga
“Qutadg'u bilig”dan olingan misralar bitilganligi ma'lum bo'ldi.
Yusuf asarni yozish uchun turli o'lkalarga safar qilgan va shu
o'lkalardagi xalqlarning an'analarini o'rgangan. Qashg’arda yozib tugatilgan
asar Tavg’ochxon (Qoraxoniylar davlatining o'sha davrdagi xoni) ga taqdim
etilgan, xon uni qadrlab shoirga Xos Xojib unvonini bergan.
“Qutadg'u bilig”da tilga olingan masalalar qamrovi juda keng bo'lib,
unda geografik ma'lumotlarni ham uchratish mumkin. Chin (Xitoy), Mochin
(Sharqiy Turkiston), Eron, Turon, Qashg’ar, Rum (Rim), Hind (Hindiston),
Bolosog’un kabi joy nomlari va bir qancha geografik terminlar keltirilgan.
Asardagi ayrim terminlar Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit
turk” asarida ham uchraydi. Chunki har ikki asar ham deyarli bir vaqtda
(“Qutadgu bilig” - 1069 yilda, “Devonu lug'atit turk” - 1074 yilda) yozilgan.
“Qutadg'u bilig”dagi terminlar XI asr va undan avvalgi davr til
koloritini aks ettiradi. Albatta, bizning davrimizga kelib asarda qo'llanilgan
ayrim terminlar, so'z va iboralar muomaladan (iste'moldan) chiqib ketgan,
lekin ayrim terminlar hozirgacha saqlanib, asosan xalq og'zaki nutqida keng
ishlatiladi, hamda tilimizning lug'at tarkibidadir. “Qutadg'u bilig”da
uchraydigan geografik terminlarning ayrimlarini izohlaymiz:
Dostları ilə paylaş: