7
asarlarida toponimikaga oid juda ko'p ma'lumotlarni topish mumkin.
Toponimik ma'lumotlar muallifi noaniq “Hudud al - olam” nomli geografik
asarda ham mavjud. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari
mumtoz o'lkashunoslik asari bo'lishi bilan birga unda toponimikaga oid juda
ko'p ma'lumotlar bor.
X - XI asrlarda yashagan Abu Rayhon Beruniy o'z
davrining buyuk
olimi - astronom, matematik va geograf bo'lgan. U 973 yili 4 sentabrda
Xorazmdagi Kot (hozirgi Beruniy) shahrining chekkasida tug'ilgan va 1048
yilda 75 yoshda G'aznada vafot etgan. Uning ilmiy merosi orasida
toponimikaga oid ma'lumotlar ko'p uchraydi. Uning geografik va toponimik
merosi “At - Tafhim”, “Qonuni Ma'sudiy”, “Geodeziya”, “Hindiston”,
“Minerologiya”, “Osori boqiya”, “Saydana” kitoblarida keltirilgan.
Abu
Rayhon
Beruniyning
“Hindiston”
asarida
toponimika
qonuniyatlariga oid bir qancha fikrlari mavjud. Chunonchi, yunonlar va
arablar turkiy so'zlarni buzib, o'z talaffuzlariga moslab ishlatganliklari
oqibatida ayrim so'zlarning ma'nosi o'zgarib ketganini aytadi. Masalan,
turkiycha
tosh
so'zini
arablar
shosh
deb talaffuz qilishidan ma'no
o'zgarganini aytadi. “Saydana” kitobida 400 dan ortiq qishloq, tog', daryo,
shahar va orollarning nomlari tilga olingan. “Qonuni Ma'sudiy” kitobida 603
ta joy nomi ko'rsatilgan.
Abu Rayhon Beruniy Mo'lton shahri nomiga quyidagicha izoh bergan
(H.H.Hasanov, 1985): “Mo'ltonning (asl) nomi Koshiyapura edi. Keyin
Hansapura, keyin Bashapura, keyin Sanbhapura va keyin Mo'lastxona, ya'ni
“Asl joy” deb nomlanadi; mo'l - “asl”, tona - “joy” demakdir” deydi.
“Mineralogiya” kitobida konlarning geografik tarqalishi, qaysi toshning
qaysi tog', qaysi daryo vodiysi va qaysi qishloqdan
qazib olinishi haqida
yozishi bilan birga ayrim tosh, minerallarga izoh ham bergan. Beruniyning
dunyo xaritasida qirqqa yaqin joy nomlari berilgan.
Muallifi noma'lum “Hudud al - olam” (X asr) kitobida ham geografik
toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlar ko'p. Bu kitobda Buxoro,
Farob, Poykent, So'g'd, Tavovis, Karmina, Dabusi, Arbinjon, Kushoniya,
Samarqand, Kesh, Termiz, Zomin, Jizzax, Farg'ona, Axsikat, Qubo, Shosh,
Kot va boshqa joylar haqida ma'lumotlar bor.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1483 - 1530) “Boburnoma”
kitobi mumtoz o'lkashunoslik kitobi bo'lishi bilan birga, unda toponimikaga
va terminshunoslikka oid ma'lumotlar juda ko'p. Xususan Farg'ona
vodiysidagi geografik nomlar ma'nosi, etimologiyasiga alohida ahamiyat
berilgan. Andijon, Kandibodom, Isfara, Xo'jand, Ahsi, Xo Darvesh, Sayhun,
Marg'ilon haqida batafsil ma'lumotlar mavjud.
8
Bulardan tashqari, Abu Hayyon (XIII - XIV asrlar), Jaloliddin Turkiy
(XIV - XV asrlar), Mirzo Ulug'bek (XIV - XV asrlar), Abulg'ozixon (XVI
asr), Qori Rahmatulla Buxoriy (Vozix) (XIX asr) asarlarida toponimikaga va
geografik terminshunoslikka oid ma'lumotlar keltirilgan.
Bu jihatdan
Abulg'ozixonning “Shajarai turk”, Mirzo Ulug'bekning “To'rt ulus tarixi”,
Qori Rahmatulla Buxoriyning “Xotiralar”, “Sayram risolasi” nomli asarlari
ayniqsa diqqatga sazovordir.
Mamlakatimizda toponimika va geografik terminshunoslikning XX
asrdagi rivojlanishida mahalliy tadqiqotchi olimlar bilan birga O'rta Osiyoni
o'rgangan rus olimlarining ham hissasi katta bo'ldi. Bular orasida
V.V.Bartold, V.P. Semenov - Tyanshanskiy, E.M. Murzayevlarni alohida
ko'rsatish mumkin. V.V.Bartold o'zi
tarixchi, uning toponimikaga oid
maxsus ishi yo'q. Toponimik ma'lumotlarining 9 jildli tarixiy asarida
uchraydi. Uning joy nomlarini tushuntirish sodda, ancha aniq va ko'p fikr-
mulohazalari ishonarlidir. U o'z asalarida mahalliy geografik terminlardan
yaxshi foydalanadi. Uning
asarlarida ariq, jo'y, kom, qir, rabod, tarxon,
to'rtko'l, shahriston, yurt
kabi terminlar talqinini bergan.
V.V.Bartold hayoti va ilmiy faoliyatining katta bir davri O'rta Osiyo,
xususan O'zbekiston va Toshkent bilan bog'liq. Olimning yaratgan 685
asaridan 320 nafari, faqat Turkistonga bag'ishlangan...”
1
.
V.P.Semyonov - Tyanshanskiyning “Aholi
punktlarining mahalliy
nomlarida geografik manzara qanday aks etadi” (1924) asari toponimik
jihatdan o’quvchida katta qiziqish uyg'otadi. Bu asarda muallif geografik
nomlarning paydo bo'lishida tabiiy sharoitning ta'siri haqida yozgan.
E.M.Murzayev yirik geograf olim, toponimist. U O'rta Osiyo, Sinjon,
Mongoliyadagi geografik nomlar va xalq terminlarini o'rgangan. Uning
“Словарь
народных
географических
терминов”
(1984)
asari
terminshunoslikda katta o'rin tutadi. Unda mahalliy geografik atamalar
ma'nosini ochib beradi. Uning “Средняя Азия” (1957) kitobida 100 dan
ortiq geografik nomlarning izohi berilgan. Masalan, Oqsuv, Oloy,
Amudaryo, Orol, Bodxiz, Darvoz, Qoraqum va boshqalar.
O'rta Osiyo o'lkasidagi geografik nomlarni o'rganishda vengriyalik
olim Armeniy Vamberiy (1832 - 1913) ning xizmati katta. O'rta
Osiyoga
mahfiy sayohat qilgan bu olimning “Buxoro tarixi”, “Markaziy Osiyoning
geografik nomlari” kitoblari diqqatga sazovor. Uning lug'atida 600 ga yaqin
geografik nom va termin berilgan.
O'zbekistonda
toponimika
va
geografik
terminshunoslikni
rivojlantirishda H.H.Hasanovning (1919 - 1985) xizmatlari katta. Uning
1
B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. T., “O'qituvchi”, 1994, 5-11 betlar.
9
toponimikaga oid fikr, mulohaza va ma'lumotlari “O'rta Osiyo joy nomlari
tarixidan” (1965), “Geografik nomlar imlosi” (1962), “Yer tili” (1977),
“Geografik nomlar siri” (1985) asarlarida, terminshunoslikka
oid ishlari
“Geografiya
terminlari
lug'ati”
(1964)
kitobida,
geografiya
va
terminshunoslik tarixiga oid ishlari “O'rta Osiyolik geograf sayyohlar” va
ko'pdan - ko'p maqolalarida o'z aksini topgan. Bu olimning toponimikaga oid
kitoblarining ikkinchi qismi izohli lug'atlardan iborat bo'lib, bu mazkur
asarlarning qiymatini yana ham oshiradi.
O'rta Osiyo o'lkasi, xususan O'zbekiston toponimlarini tadqiq etgan
yana bir tadqiqotchi S. Qorayevdir. Bu tadqiqotchi toponimlarning
etimologiyasiga oid ancha ish qilgan. U toponimlarni, xususan
etnotoponimlarini chuqur o'rgangan. Uning ilmiy xulosalari “Geografik
nomlar ma'nosi” (1978), “Geografik nomlar ma'nosini bilasizmi?” (1970),
“Toshkent toponimlari” (1991) kitoblarida bayon etilgan. O'zbekistondagi
joy nomlarini o'rganish va tadqiq etishda filolog tadqiqotchilardan
H.Egamov, Z.Do'simov va T.Nafasovlar ishlari ham muhim manba bo'lib
xizmat qiladi.