Toponimikaning vazifasi va fanlar tizimidagi o’rni reja: Toponimika fani, tadqiqot obyekti va predmeti



Yüklə 29,85 Kb.
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#170196
  1   2

TOPONIMIKANING VAZIFASI VA FANLAR TIZIMIDAGI O’RNI

Reja:
1. Toponimika fani, tadqiqot obyekti va predmeti
2. Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi
3. O 'quvfanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi

ft M avzuning maqsadi: Toponimika fanining tadqiqot obyekti, maqsadi, vazifasi, fanlar tizimidagi о 'm i va asosiy rivojlanish bosqichlari haqida ilmiy asoslangan mu 'lumotlar berish. f t Tayanch ihora va atamalar: Toponimika, majmuaviy ilmiy vo nalish, geografik nom, so 'z turkumi, appe/yativ, atoqli ot. Toponimika fani, tadqiqot obyekti va predmeti. Har qanday fanning nazariy asoslari takomillashgan sari, uning obyekti. predmeti. maqsadi va vazit'alari ham aniqlashib boradi. Majmuaviy fan sifatida e ’tirof etilgan toponimika (yunoncha. topos - jov. onyma - nom) geografik nomlarning paydo bo'lishi. yaratilish qonuniyatlari, shakllanishi va rivojlanishi. turlari, transformatsiyasi. hududiy tafovutlari. migratsiyasi, hozirgi holati. ma'nomazmuni, talaffuzi va yozilishini o ‘rganuvchi mustaqil fan hisoblanadi. Mutaxassislar toponimika va toponimiyani bir-biridan farqlash kerak deyishadi. Toponimiva - deganda muayyan hududdagi geografik nomlarning yig'indisi tushuniladi. Demak, toponimiva - toponimika fanining o'rganish obyekti bo'lsa. toponim uning tadqiqot predmetidir. Majmuaviylik toponimikaning tabiatida mujassam, fan rivojlangan sari lining bu xususiyati yaqqolroq namoyon bo'ladi. Toponimikaning muhim bir xususiyati. ijobiy tomoni shundaki, tutash fanlar (lingvistika, tarix, geografiya) yutuqlari va usullaridan foydalanish imkoniyatiga, sintez qilish qobiliyatiga ega. Majmuaviy yondoshuv toponimikani fan sifatida jadal sur’atlar bilan rivojlantiradi va uning ilmiy va amaliy ahamiyati yanada oshiradi. Shu bilan birga, tanning o'rganish obyekti bo’lgan toponimiyaga nisbatan turlicha yondoshish imkoniyati paydo bo'ladi. Toponimik tizimning bir bo'lagi bo'lgan nom turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkin. Shu sababdan, nomlar majmuasining barcha o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib tahlil qilinganda to‘g'ri va samarali natijaga erishish mumkin. Demak, toponimik tizimdan ajratib olingan alohida nom ilmiy tahlil uchun asos bo'lolmaydi. Shuning uchun, toponimik tadqiqotlarda geografik nomni hudud toponimiyasi bilan birga tadqiq etish maqsadga muvofiq. Boshqacha aytganda, toponimik tadqiqotlarda ko'pincha yaxlit toponimik tizimga e'tibor qaratish kerak bo'ladi, chunki. nom hech qachon yagona, tanho emas, u o'sha tizimdagi uzun "zanjir"ning bir bo'g'ini hisoblanadi. Shu bilan birga, joy nomlariga takroriylik xos, nom ba’zan murakkab tuzilishga ega bo‘lsa, goho tarkibiy qismlarga boiinib takrorlanadi. K oLpincha nomning semantikasi, talaffuzi, lisoniy tuzilishi to’g'ri keladi. ammo hamma vaqt ham uning barcha alomatlari birga kelmaydi. Binobarin, joy nomining barcha o'ziga xos xususiyatlari inobatga olib tadqiq qilinsa, tahlil lo'g'ri va mahsuldor bo'ladi. Bu har qanday toponimik tizimga va har bir nomning paydo bo'lishi va m a’no-mazmunini aniqlashga taaluqlidir. Agar, toponimik tadqiqotlarda tadqiqotchi o'z mutaxassisligini ustun qo'yib ish ko'radigan bo'lsa, unda ko'zlangan maqsadga erishishi qiyin bo'ladi. Chunki, lingvist uchun toponimiya - bu faqat geografik nomlar ro'yxati, tarixchi uchun toponimiya - bu tarixiy hujjatlar va solnomalar ko'rsatgichi, geograf uchun toponimiya - bu geografik kartadagi nomlar yig'indisidir. Shuning uchun. muayyan qonuniyatlar asosida, ma'lum hududda tarixan shakllangan geografik nomlar majmui - toponimik landshaft toponimika uchun to'laqonli tadqiqot obyekti bo'la oladi. Binobarin. har bir hudud, mintaqaning mavjud toponimik majmuasi, joy nomlari turli nuqtai-nazardan tahlil qilinishi kerak: 1) nomning geografik alomatlari: tog', daryo. dasht. cho’I, shahar. qishloq va hokazo; 2) paydo bo'lish vaqti va unga turtki bo'lgan sabablar; 3) qaysi tilga aloqadorligi va uning lisoniy xususiyatlari; 4) mazmuni va etimologiyasi (yunoncha. exupov - haqiqat, so'zning asl m a’nosi va Xoyoq - ta’limot). 5) nomning tuzilishi. til qonuniyatlari va imlo qoidalariga to'g'ri kelishi; 6) nomning yaratilgan tilida va boshqa tillarda ilmiy jihatdan to'g'ri yozilishi; 7) nomning tarqalish hudndi, areali. migratsiya yo'llari. Shu masalaga e'tibor qaratgan belorus toponimika maktabining asoschisi V.A.Juchkevich shun day yozgan edi: "toponimik muammolarni tor mutaxassislik doirasida hal qilish, ishga zarar keltiradi va uning amaliy ahamiyatini pasaytiradi". Bundan xulosa sliuki. liar qanday toponimik tadqiqotlar aniq joy bilan bog'langan holda amalga oshirilsa. shunda o'rganilayotgan hudud toponimiyasining o'ziga xos sliakllanish xususiyatlari kompleks tarzda tadqiq qilinadi. Toponimik landshaft - geografik landshaft kabi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan yaxlit hududiy toponimiyadir. Landshaft (nemischa. land - yer. shaft - manzara) - turli tabiiy geografik komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha. y a’ni tabiat komponentlarining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo'lgan hudud. Toponik landshaft tushunchasini toponimik tadqiqotlarda yaxlit hududning muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan toponimiyasiga nisbatan qo'llash mumkin. V.AJuchkevich toponimik landshaft - bu geografik landshaftning so'z bilan ifodasi deb ta riilagan. Ba'zan. toponimik landshaft nimasi bilan geografik landshaftdan farq qiladi degan savol paydo bo'ladi?. Farqi shundaki, geografik landshaft - yer qobig'ining tabiiy taraqqiyot davomida vujudga kelgan va boshqa joylardan farq qiladigan qismi bo'lsa, toponimik landshaft - tabiat va jamiyat aloqadorligini lisoniy ifodasi deyish mumkin. Yana ham soddaroq qilib aytganda. toponimik landshaft - geografik landshaft ichida mavjud bo'lgan har qanday real predmet va hodisalar o'rtasidagi munosabatlar haqida qo'shimeha tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Umuman olganda, toponimik landshaft - toponimikaning o'rganish obyekti bo ‘lib, muayyan qonuniyatlar asosida, m a l u m hududda tarixan shakllangan geografik nomlar yig'indisidan iborat. Toponimik landshaft - toponimikani fan sifatida o'rnini belgilashda asos bo'lib xizmat qiladi. Fanining maqsadi va vazifalari. Kishilar diqqatini jalb qilgan har qanday geografik obyekt ijtimoiy ehtiyoj tufayli nomlangan. Nom ularni bir-biridan farqlash uchun kerak bo'lgan. Shu sababdan, tildagi ko'pgina so'/.lar (turdosh otlar) nomlarga (atoqli otga) aylangan. So'z bilan buvumlarni (kitob, stol. still), mavjudodlarni (odam, qush. o'simlik), tasavvuriy tushunehalarni (quvonch, g'az.ab, go'zallik). si tat va xususiyatlarni (yaxshi. katta. chuqur) ifodalash mumkin. Bu so'z.larning har biri aniq bir predmetga tegish 1 i emas, balki butun bir o'xshash predmctlarni belgilaydi. Ular turdosh otlar, ya'ni, apellyativlar (lotincha, appellativum - "atoqli otni aksi” ) hisoblanadi. Shu bilan birga. tilda shunday so'/.lar ham borki, ular faqat bitta predmet yoki obyektga tegishli va so'z uni boshqalardan farq qilishi uchun xizmat qiladi. Bunday so'/, yoki so'zlar birikmasi atoqli ot deb ataladi. Atoqli ot - biron geogralik obyektni boshqasidan farq qilish uchun xizmat qiladigan so'/, yoki so'zlar birikmasi, y a ’ni "onim” : Toshkent. Samarqand, Mirzacho'l. Farg'ona va hokazo. Geografik nom (yunoncha, topos - "joy, makon”: onima - “nom” , ism) oddiy atoqli ot emas, balki, uning eng takomillashgan turidir. Kishilar diqqatini tortgan har bir geografik obyektning o'/, nomi bor, u joyni biron xususiyatini yoki obyekt bilan bog'liq tarixiy voqea-hodisalarni o'zida mujassam etgan, oddiy so'z bilan joyning ittifoqidir. Binobarin, joy nomlari «o'lik» so'zlar emas, balki zamirida xalq hayoti, tarixi, tili va shunga o'xshash boshqa ko'plab sirlarni asrayotgan ma'naviy xazina. Toponimlar olami juda xilma-xil va qiziqarli. lnson paydo bo'lganidan buyon behisob va murakkab nomlar dunyosida yashavdi. Yer yu/ida har xil davr va tilga mansub millionlab geogralik nomlarning uyg'unligini ko‘rish mumkin. Ularni har kuni radiodan eshitamiz. gazetada o'qiymi/, teleyekranlarda va kompyuter monitorlarida ko'ramiz. Xususan, atlas va geografik kartalarni nomlarsiz tasavvur qilish qiyin. Hayotda sodir bo’lgan yoki bo’layotgan ko'plab voqea-hodisalami joy nomlari orqali anglab olish mumkin. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda. nomlaming o'z tarixi, xalq, qabila, tabiat, xo ‘jalik, hodisa va kashfiyotga mansubligi bor. Agar nomlar tarixi tilga kirsa, tog'Iar va suvlarning xosiyati, o'simligu hayvonot turlari, savdo-sotiq, kasb-hunar. xazinalar, janglaru e'tiqodlarimizning hammasi avon bo'ladi. Demak, toponimlar kishilik jamiyati rivojlanishining muhim elementlardan biri, tabiat, tarix, hayot va insoniyat ko'zgusi hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi jamiyatni, zamonaviy sivilizatsiyani, xalqlar va mamlakatlar o'rtasidagi liar qanday aloqalarni geografik nomlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Madaniyat va ilm-fanning rivojlanishi, tobora avj olayotgan xalqaro aloqalar geografik nomlarni borgan sari ko'proq qo'llashni taqozo qilmoqda. Ma’Ium bir hududdagi joy nomlari yig'indisi shu hududda yashovchi xalq laming asrlar davomida, nomlar yaratishdagi ijod mahsuli hisoblanadi. Shu bois, dunyoda qancha nom borligini hech kim aniq bilmaydi. Taxminiy hisoblarga k o ’ra, butun yer sharida yarim milliarddan ortiq geografik nom bor. Holbuki, ular qatoriga soy, jilg ’a, buloq, quduq, jar, qir. mahalla, guzar, ko'cha kabi mikrotoponimlar kirmaydi. Agar, yer yuzidagi barcha katta-kichik joy nomlarini hisobga olish imkoni boMganda, son-sanoqsiz raqam hosil bo'lar edi. Geografik nomlar - bu mamlakat, shahar yoki biron bir tabiiy obyekt bilan tanishishda uning tashrif yorlig'i vazifasini bajaradi. Demak. joy nomining yaratilishi sabablarini anglash, ularni shakllanishi, rivojlanishi. yashovchanligi, o'zgarishi, adreslik funksiyasi, axborot (informatsiya) tashishi va qanday ma’no kasb etishini aniqlash zaruriyati paydo bo’ladi. Yuqorida qayd qilgandek, ushbu masalalarni aniqlash bilan maxsus fan hisoblangan toponimika shug'ullanadi. Shu bilan birga. joy nomlari ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga molik ekanligi tufay 1 i- bir qator boshqa fanlar uchun ham o'rganish obvekti hisoblanadi. ID Toponimikaning boshqa fanlar bilan bogkliqligi. Toponimika integral ilmiy vo'nalish. majmuaviy fan. LJ geografiya. filologiya (lingvistika) va tarix kabi fanlarning manfaatlari tutashgan joyda paydo bo'lib, ularni mujassamlashtirib rivojlanmoqda. Bu holat toponimikaning egallagan mavqei va fanlar tizimidagi o'rni haqida turlicha qarashlarning kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Har holda shunisi aniqki, har qanday salmoqli toponimik manbalar har uchala fanning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, har bir tadqiqotchi tadqiqot obyektini o'zining mutaxassisligi nuqtai nazardan o'rganadi. Geografik kartada keltirilgan boy va xilma-xil axborotlar orasida nomlar alohida o'rin tutishi hamda joy nomining adreslik funksiyasi til - fakti va tarix - hodisasidan ko'ra muhimroq ekanligini hech bir mutaxassis inkor qilmaydi. Bunga, nom muhim ijtimoiy-siyosiy funksiyani bajarishi, hamda yer yuzasidagi barcha geografik obyektlar uchun oriyentir (mo'ljal) vazifasini bajarishi sabab bo'lgan. Mazkur fikrni tasdiqlab taniqli toponimist olim T.Nafasov shunday yozgan: «...qadimiy geografiya fani bag'rida paydo bo'lgan yangi yo'nalishlardan biri toponimikadir. Toponimiva bilan azal-azaldan geograflar, geografiya fani shug'ullanib kelgan. So'ngra bu soha bilan tarixshunoslar. arxeologlar qiziqib, nomning tarixiy voqea-hodisalar bilan bog'liqligi, ularning ma'nosi, qaysi tilga mansubligi kabi masalalarni tadqiq qilishdi. Hng so'ngida toponimiya tilshunoslikning tadqiqot obyektiga aylandi». Toponimikaning geografiya, tarix va filologiya fanlari manfaatlari tutashgan joyda paydo bo'lganligi, uning majmuaviy fan ekanligini quyidagi chizmada ham ko'rish mumkin. l-jadval. To'g'ri. uzoq vaqtlar toponimikani geografik fan, geografiya ilm iga xos ilmiy yo'nalish degan qarash liukmron mavqeda bo'lgan. Bu albatta, o'ziga xos obyektiv va subvektiv sabablar bilan bog'liq. Joy nomi yyer sharining ma’lum nuqtasida joylashgan geografik obyektning maxsus yorlig'idir. Dastlab, ularni aholi yashash maskanlari va turli landshaft komponenllanning nomi sifatida geograflar ladqiq qilishgan. 11 Shuning uchun filolog nomshunos olim T.Nafasov, "geografiya toponimikaning debochasi va doyasi degan xulosani bayon qilgan. ■1 ■j Geografiva: N om ning adreslik t'unksiyasi. Tabiiy geografik ornillur va nom, N om va ijlim oi\- iqlisodiy omillar. G eogralik o'rin va nom. 1 1 Tarix: N o m n in g pa> do bo'lish larisi. N om va m ahalliy xalq tarixi. 'lurixiv voqeahodisalar va nom. J'tnologik m a'lum ollar. HIS •:S4 У i N it 54 A TOPO N IM IK A -- // g Filologiva: N o m - aloqli ol. I o p o n i m - soV, turkum i. N o m n in g leksik - sem anlik lasnitl. T op o n im - til mahsuli. M Toponimlarning adreslik funksiyasi naqadar muhimligini rus toponimisti V.A.Nikonov aniq ta’riflagan: «Bir lahzaga faraz qilaylik, yer yuzidagi barcha geografik nomlar o'chirib tashlandi. Shaharlar, qishloqlar. daryolar, dengizlar. tog'lar, davlatlar, ko'chalar hammasi nomsiz. Natijada. transport izidan chiqqan, odamlar qayerga yurishini, yuklarni qayerga tushirishni, tez yordam mashinasi qayerga borishini bilmaydi, jahon xo'jaligi inqirozga, insonivat esa ibtidoiy jamoa davriga tushib qolish xavfi paydo bo'lgan, buning hammasi kichkina bir geogralik nom tufayli». Toponimikaning fanlar tizimidagi o'rnini aniqlash maqsadida, A.M. Ryabchikov (1959). S.V. Kalesnik (1961) va I.Q. Nazarov (2013) geografiya fanlari klassifikatsiyasini yaratib, toponimikaga ham ular qatoridan joy ajratishgan. Buning asosiy sababi shuki, joy nomlarida ko'pincha geografik muhitning xususiyatlari - relef shakllari, suv obyektiari, o'simlik va hayvonot nomlari aks etgan bo'ladi. Shu bilan birga, ular har qanday lisoniy va tarixiy toponimik tadqiqotlar faqat muayyan geografik hududda amalga oshirish mumkinligini hisobga olib. shu xulosaga kelishgan. Toponimik tadqiqotlar bilan shug'ullanishni niyat qilgan har bir mutaxassis. eng avvalo geografik terminlarni o'rganmog'i zarur. Chunki. xalq ko'pincha tabiiy muhitda sodir boiadigan har qanday voqea-hodisalarni geografik terminlar yordamida iloda etadi. Geografik terminlarni o'rganish uchun, albatta, geografiyadan yaxshi xabardor bo'lishi kerak. Muxtasar aytganda, geografivani yaxshi bilmasdan turib toponimika bilan shug'ullanish ishonchli natijalar bermaydi. Geografik nomlar har doim ham biron tarixiy sharoit taqozosi bilan dunyoga keladi va juda uzoq vaqt saqlanib qolishi bois, tarix fani uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Aniqroq qilib aytganda, har bir nomning o'z tarixi bor. unda muayyan tarixiy voqeahodisalar mujassam. Shunday ekan, har bir nom ixcham bir tarix va ular aniq bir tarixiy voqe'alar bilan bog"Iiq holda paydo bo'lgan. Ishoneh bilan aytish mumkinki. toponimiyada aholi migratsiyasi. urushlar, etnik aloqalar o ‘z aksini topgan va har bir tarixiy davrning o'ziga xos toponimik qatlamlari mavjud. Tarixchi olim A.Nabiyev toponimikaning tutgan o'rniga o'z munosibatini bildirib shunday yozgan edi: "... demak, toponimika o'lkashunoslikning ajralmas bir qismi hisoblanadi. llozirgi vaqtga kelib, o'lkashunoslik bo'yicha olib borilayotgan tadqiqol ishlari bilan bir qatorda uning ajralmas qismi bo'lgan toponimika ham asta - sekin ijtimoiy fanlar qatorida rivojlanib bormoqda". Rus tarixchi olimi A.I.Popov “Toponimika - tarixiy fan" nomli asar yozganganligi ham ma lum. To'g'ri, toponimika tarix fani bilan ham iizviv bog'liq. ammo tarix fanlari tizimiga kirmaydi. Toponimika tilsliunoslik (lingvistika) fani bilan ham uzviy bog'liq. Chunki. toponim - bu so'z, atoqli ot. lingvistik kategoriya. til mahsuli, shu bois til qonuniyatlariga bo'yso'nadi va fllologlar tomonidan o'rganiladi. Nomlar tildagi muayayn qatlamning tarixi. shakllanishi, ri vo j lan isli ini o'zida aks etadi. Rus olimi E.M.Murzayev toponimikani fanlar tizimidagi o'rniga baho berib. bu masalada olimlar orasida ziddiyatli fikrlar mavjudligi va u hozirga qadar uzil-kesil hal bo'lmaganligini ta’kidlagan. H.Hasanov ham bu masalada o'z munosabatini bildirib: «Toponimika aslida geografiyaning bir tarmog'i bo'lib, tilshunoslik faniga ham, tarix faniga ham uzviy bog'langan. Toponimikani tilshunoslik yoki tarix fanining bir tarmog'i desak xato bo'lmaydi. Har bir fan sohibi toponimik tatqiqotlarda o'z mutaxassisligini ustun qo'yadi», deb yozgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib xulosa shuki. hech bir fan toponimik tadqiqotlarda “monopoliya”ga ega bo'lmasligi lozim. Toponimikaga lingvistik, tarixiy va geografik tadqiqot metodlaridan samarali foydalanadigan majmuaviy fan sifatida qarash kerak. Bir so'z bilan aytganda, toponimika - mustaqil "ehegaraviy" fan. U alohida ilmiy yo'nalish sifatida geografiya. tilshunoslik va tarix fanlarining imkoniyatlaridan to'g'ri foydalansa katta yutuqlarga erishishi mumkin.


Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin