Топширик 10-Амалий машгулот Корин парданинг клиник анатомияси



Yüklə 19,8 Kb.
səhifə2/2
tarix30.01.2022
ölçüsü19,8 Kb.
#51826
1   2
Топширик 10 II.s

omentum minus quyidagi boylamlardan hosil bo`ladi:

Qorinning oldingi devorini qoplagan pariyetal qorinparda yuqoriga diafragmaning pastki yuzasiga o'tadi. Diafragmaning pastki yuzasidan qorinparda jigaming o'roqsimon boylami (lig. falciforme hepatis), tojsimon boylam (lig. coronarium), o'ng va chap uchburchaksimon boylamlami (ligg.triangularia dextrum et sinistrum) hosil qilib jigarga o'tadi. Qorinparda old tomondan jigaming o'tkir qirrasini, orqa tomondan orqa qirrasini aylanib o'tib, uning visseral yuzasini qoplaydi. O'ng bolakdan qorinparda o'ng buyrakning yuqori uchiga jigar-buyrak boylamini (lig. hepatorenale) hosil qilib o'tadi. Jigar darvozasidan esa qorinpardaning ikki varag'i — duplikaturasi (bittasi darvozaga jigaming pastki yuzasini old tomonidan, ikkinchisi orqa qismidan) me’daning kichik egriligiga jigar-me’da boylamini (lig. hepatogastricum) va o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismiga jigar-o'n ikki barmoq ichak boylamini (lig. hepatoduodenale) hosil qilib o'tadi. Bu ikkala boylam bir-birining davomi bo'lib, birgalikda kichik charvi (omentum minus) deb ataladi.

6. Qorin parda bilan hamma tarafdan (introperitoneal)  o`ralgan a’zolar quyidagilar:

Qorinparda bo'shlig'ining ostki qavati ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichidan pastda joylashib, kichik chanoq bo'shlig'iga o'tib ketadi. Bu qavatda ingichka va yo'g'on ichak, siydik va tanosil a’zolari joylashadi. Qorinning o'ng yon devori bilan chambar ichakning ko'tariluvchi qismi o'rtasida o'ng yon kanal (canalis lateralis dexter), chap yon devori bilan chambar ichakning tushuvchi qismi o'rtasida chap yon kanal (canalis lateralis sinister) joylashadi. Qiya yo'nalgan ingichka ichak tutqichi ostki qavatni Ikkita o'ng va chap bo'shliqqa ajratadi. Ingichka ichak tutqichining yuqorisidagi o'ng bo'shliqni— sinus mesentericus dexter, ichak tutqichning ostidagi chap bo'shliqni — sinus mesentericus sinister deb ataladi. Qorin bo'shlig'ining orqa devorini qoplagan pariyetal qorinparda qorin devoridan a’zolaiga va a’zolardan a’zolaiga o'tganida burmalar yoki chuquriiklar hosil qiladi. O'ng tomondan o'n ikki barmoq och ichak burilish burchagi va chap tomondan yuqori o'n ikki barmoq boylam o'rtasida uncha katta bo'lmagan yuqori va ostki o'n ikki barmoq chuqurliklari (recessus duodenalissuperior et recessus duodenalis inferior) bor.



Yonbosh ichakning ko'richakka o'tish joyida qorinparda yonbosh ichakning oxiigi qismining yuqorisida hamda pastida yuqori hamda pastki iliosekal chuqurlik (recussus iliocaecales superior et inferior) hosil qiladi.

Sigmasimon ichak tutqichining chanoq devoriga birikkan joyida uncha katta bo'lmagan sigmasimonaro chuqurlik (recessus intersigmoideus) hosil bo'ladi. Qorinparda qorin bo'shlig'i a’zolarini turlicha o'raydi. Agar qorinparda a’zolami har tomondan o'rasa, ulami intraperitoneal a’zolar deb ataladi. Bunday a ’zolarga: m e’da, och va yonbosh ichak, koʻrichak va chuvalchangsimon o'simta, o‘n ikki barmoq ichakning boshlang'ich qismi, ko'ndalang chambar ichak, sigmasimon ichak, to'g'ri ichakning yuqori qismi, taloq va bachadon kiradi. Agar qorinparda a’zolami uch tomondan o'rasa, ulami mezoperitoneal a’zolar deb ataladi. Bunday a’zolarga: ko'tariluvchi va tushuvchi chambar ichak, jigar, to'g'ri ichakning o'rta qismi va to'lgan holatdagi qovuq kiradi. Qorinparda a’zolami bir tomondan o'rasa, bunday a’zolami ekstraperitoneal a’zolar deb ataiadi. Ulaiga: me’da osti bezi, o'n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismi, to'g'ri ichakning oxiigi qismi, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo'li kiradi
Yüklə 19,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin