5 - Mavzu: Hujjat va ular haqida tushuncha.
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak.
Dastlabki- hujjat deb, sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining hisboti bo‘lib hisoblanadi.
Yig‘ma- hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Ularda tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan muomalalar aks ettiriladi.
Rekvizit-Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning rekvizitlari deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari, deb buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni engillashtirish, qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi
Farmoyish hujjatlari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi faktorlarga ega emas, shuning uchun ular o‘zlaricha muomalalarni hisobda aks ettirish uchun asos bo‘la olmaydi.
Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi.
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb, bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi.
Birgalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta muomalalarni aks ettiradi. Bu xarajatlarning farq qilib turadigan xususiyatlari shundan iboratki, ular tuzilib bo‘lganlaridan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi mukin.
Jamg‘aruvchi hujjatlar korxonada har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, oyda) amalga oshirilayotgan bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |