Topshiriq 1 Bajardi: Raximboyeva G. Guruh: 030-19


Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix12.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#112210
1   2   3   4
1-topshiriq

Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro ogʼlikligi. 
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa 
fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. 
Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida 
ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba 
bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga 
xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to’g’risidagi 
ma‘lumotlarga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. 
Avvalo har bir o’quvchi, o’qituvchi-murabbiy o’z ona yurti tarixini bilishi, uni 
sevishi, vatanparvar bo’lishi zarur. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan 
xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish mumkin emas. 
Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o’tmishdagi 
taraqqiysini bilmoq kerak. 
Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy shariatda uning 
taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilish zarur.Shuning uchun pedagogika ijtimoiy 
fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya 
maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini 
ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, 
umumiy 
psixologiya, 
yosh 
psixologiyasi, 
pedagogik 
psixologiya, 
kasb 
psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy 


psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va 
boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. 
Pedagog o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, 
diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun 
pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o'z 
rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy yo'nalishlariga 
tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan 
bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada 
pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir 
insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi. 
O’qituvchi-tarbiyachiyoshlargabilimberish, 
ma‘lumotliqilish, 
tarbiyalashmaqsadidaungatizimlita‘sirko’rsatadi.Bunda psixologiya va ijtimoiy 
omillarga asoslanadi. Ya‘ni, ko’rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun 
o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining 
qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko’rsatish rejasini belgilaydi. 
Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy 
bog’langandir. 
Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. 
Chunki, hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va 
taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, 
ta‘lim va tarbiyaning ob‘ektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo’ladi. 
Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa 
fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga 
kelish mumkin. 
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va 
tarbiyalashga asosiy e'tiborni karatganligi bois ta'lim nazariyasi (didaktika) va 
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ta'lim nazariyasi 
(didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta'lim jarayonining 
mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati 
birligi, o‘qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta'lim jarayonini 


takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Ta'lim o‘z mohiyatiga 
ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning 
kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur 
bo‘lgan ma'lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o‘zlashtirilgan 
ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon 
beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta'lim – o‘zida 
mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni 
tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda 
malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'lim, shuningdek, darajasi hamda 
hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta'lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb 
ta'limi (kasbiy ta'lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali 
mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta'limning muhim bo‘lagi 
sanaladi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan 
biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni 
tayyorlash muammolarini o‘rganadi. 
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga 
oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda 
aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy 
tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda 
tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi. 
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi 
ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida 
hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy 
munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin 
tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida 
demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan 
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy 
istiqlol g‘oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor 
vazifani hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor 
haratiladi: 
1. Barkamol shaxs va malkali mutaxassisni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik 


jarayonning mohiyatini o‘rganish. 
2. Shaxsni kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta'lim tizimini 
takomillashtirish. 
4. Ta'lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati 
mazmunini asoslash. 
5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'limtarbiya usullari 
bilan qurollantirish. 
7. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish. 
8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish. 
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-
metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin