Topshiriq 1



Yüklə 284,57 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.10.2022
ölçüsü284,57 Kb.
#66903
Topshiriq 1



TOPSHIRIQ 1 
//////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////// 
1. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro‘yhat eng kichik elementini 
toping.
2. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro‘yhatda berilgan kalitdan katta 
elementlarni toping.
3. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro‘yhat eng kichik elementini 
toping.
4. Ketma-ket va binar qidiruv usulidan foydalanib, A massivdan elementni 
va taqqoslashlar sonini toping.
5. Binar qidiruvdan foydalanib elementlarni tasodifiy ravishda toping.
6. Mashina raqamlari ro‘yhati berilgan: 345, 368, 876, 945, 564, 387, 230. 
Binar qidiruvdan foydalanib berilgan raqamli mashina qaysi joyda turganini 
toping.
7. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib ro‘yhatda har ikkinchi elementni 
qidiring va taqqoslashlar sonini aniqlang.
8. Binar qidiruvdan foydalanib massivdan berilgan kalitga karrali kalitli 
elementni va solishtirishlar sonini toping. 
9. Boshiga qo‘yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng katta 
elementi topilsin. 
10. Boshiga qo‘yish usulidan foydalanib ro‘yhatda 11 ga butun bo‘linuvchi 
eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko‘p bo‘lsa, u holda ularning eng 
kattasini toping; agar bunday son mavjud bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot 
chiqaring). 
11. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro‘yhatda 11 ga butun bo‘linuvchi 
eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko‘p bo‘lsa, u holda ularning eng 
kichigini toping; agar bunday son mavjud bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot 
chiqaring). 
12. Boshiga qo‘yish usulidan foydalanib ro‘yhatda qo‘shni elementlari 
ayrimasi 72 dan kichik bo‘lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko‘p 
bo‘lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar bunday element mavjud 
bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring. 
13. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro‘yhatda qo‘shni elementlari 
bo‘linmasi juft son bo‘lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko‘p bo‘lsa, 
u holda ularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element 
mavjud bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring. 
14. Boshiga qo‘yish usulidan foydalanib ro‘yhatda qo‘shni elementlar 
ayrimasi juft bo‘lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko‘p bo‘lsa, u 
holda ularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element mavjud 
bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring. 
15. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro‘yhatda kerakli elementgacha 
bo‘lgan elementlarning o‘rta arifmetigi 12 ga teng bo‘lgan element topilsin. Agar 
bunday element mavjud bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring. 
16. Boshiga qo‘yish usulidan foydalanib ro‘yhatda 10 ga bo‘linuvchi 
maksimal elementni toping. Agar bunday element mavjud bo‘lmasa – shunga mos 


ma’lumot chiqaring.
17. Boshiga qo‘yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng kichik 
elementi topilsin. 
18. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro‘yhatda qo‘shni elementlari 
ayirmasi juft va 3 ga bo‘linadigan elementni toping. Agar bunday element mavjud 
bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring. 
19. Boshiga qo‘yish usulidan foydalanib ro‘yhatda kerakli elementdan 
keyingi elementlarning o‘rtacha kvadratik qiymati 10 dan kichik bo‘lgan elementni 
toping. Agar bunday elementlar ko‘p bo‘lsa, u holda ularning eng kattasini toping; 
agar bunday element mavjud bo‘lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring. 
20. Transpozitsiya usulidan foydalanib har bir x element uchun tg(x) 
qiymatini aniqlang va eng katta qiymatga ega bo‘lgan elementni 1-o‘ringa qo‘ying. 
21. Berilgan ro‘yhatda qidirilayotgan element transpozitsiya usuli bilan 
qancha murojaatda ro‘yhat boshiga kelishini aniqlash dasturini tuzing.
22. Massivdan boshiga qo‘yish usuli yordamida key kalitli elementni izlash 
dasturini tuzing. 
23. Binar qidiruv usuli yordamida massivga yangi elementni kiriting. 
24. Binar qidiruv usuli yordamida massivning key kalitli elementini 
o‘chiring. 
25. Ro‘yhatda transpozitsiya usuli yordamida toq elementlarni topish 
dasturini tuzing. 
26. Berilgan massivda key kalitli elementni ketma-ket va binar qidiruv 
usullari yordamida izlang va qaysi usul ushbu qidiruv holatida samara berganligini 
aniqlash dasturini keltiring. 
27. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan ketma-ket qidiruv 
usuli bilan balli maksimal bo‘lgan talabani toping. 
28. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan binar qidiruv usuli 
yordamida so‘ralgan talabaning umumiy balini chiqarish dasturini tuzing. 
29. Boshiga qo‘yish usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat massiv 
elementlariga ko‘p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang. 
30. Transpozisiya usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat ro‘yhat
elementlariga ko‘p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang. 
Quyida har 10 ta variant uchun umumiy bo‘lgan masalaning berilishi va talab 
qilinayotgan saralash usuli keltirilgan. Talabalar topshiriq olib so‘ralayotgan usul 
bilan o‘zlari tomonidan tanlangan ixtiyoriy saralash usulining samaradorligini 
solishtirish dasturini tuzishlari kerak. Usullarni solishtirishda o‘rin almashtirishlar 
soni nazarda tutiladi.
Ta’mirlash ustaxonasida bir nechta (N ta) mashina bor. Ular to‘g‘risida quyidagi 
ma’lumotlarga egamiz: raqami, markasi, egasining ismi, oxirgi marta 
ta’mirlanganligi sanasi (kuni, oyi, yili), ta’mirdan chiqishi lozim bo‘lgan sana 
(kun, oy, yil).

Yüklə 284,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin