topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing


Xristianlikda qanday bayram va marosimlar bor?



Yüklə 282,46 Kb.
səhifə9/13
tarix24.12.2023
ölçüsü282,46 Kb.
#192553
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
DINSHUNOSLIK TOPSHRIQ 2

5.Xristianlikda qanday bayram va marosimlar bor?
Xristianlikning marosim va bayramlari
Boshqa dinlar kabi xristianlikda ham ko‘pgina marosim va bayramlar mavjud. Dindorlar hayoti va turmushida, diniy tashkilotlar ish faoliyatida xristianlik marosimlari va bayramlarining ko‘pi tantana, shodlik, hursandchilik kunlari bo‘lsa, ayrimlari sovuq, g‘amginlik, marsiyaviy holatlar hisoblanadi. Marosimlar ibodat, sig‘inish, ruhiy poklanish mazmuniga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Ibodat qilish vaqtidagi diniy sirli holatdagi vaziyat, cherkovning tantanali va sirli bezagi, musiqa, munojot, qo‘ng‘iroq ovozi, yonib turgan sham va moy chiroqlari, xudoga madhiyalar, oltin suvi berilgan yorqin rizolar, butlar, devorga ishlangan suratlar va skulptura, ruhoniylarning sig‘inish buyumlari va ibodat qiluvchilarning o‘zlari ustidan qiladigan sehrli irim-sirimlari - bularning hammasi dindorlar ruhiyatiga, qattiq ta’sir qilib ularni mahzun holatga soladi, irodasini bukib, yaratgan xudoga e’tiqodini kuchaytiradi, emotsiyani oshiradi, sirli va sehrli «u dunyo»ning lazzatlari tasavvurini yaqqolroq namoyon qiladi. Marosimlar har qanday dinning eng aktiv elementi bo‘lib, ular kishilar ruhiy hayotida qattiq o‘rnashib qoladi.
Marosim va bayramlar: a) dindorlarni hamkorlik ruhida tarbiyalaydi; b) dindorlar orasida tartib-intizomni mustahkamlaydi; v) dindorlarning vaqti, moddiy harakat-larini talab qiladi; g) dindorlar iymon va e’tiqodini kuchaytiradi; d) ular milliy va baynalminal madaniyatning bir qismiga aylanib, umuminsoniy qadriyatlarni kuchaytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi xristianlik marosim va bayramlarida ham to‘la amal qiladi.
Xristianlik marosimlari asrlar mobaynida asta-sekin shakllanib borgan, ular quyidagilardir: cho‘qintirish, prichashchenie (non va vino iste’mol qilish), miropomazanie (cherkovlarda chaqaloqni cho‘qintirgandan keyin xushbo‘y moy surkash), yelosvyashchenie (soborga olib kelish), nikoh (gulcham-bar kiydirish, nikoh uzugi taqish kabilar), tavba qilish (gunohlariga pushaymon bo‘lish), ruhoniylikka qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik marosimlarini tainstvolar deb ataladi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian yo‘nalishlarida mavjud, faqat ularni shakli va vaqti turlicha xolos.
Cho‘qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy marosimidir. Bu marosim cherkovda o‘tkaziladi. Marosiming asosiy mohiyati tug‘ma gunohdan bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil qilish, unga xristiancha ism qo‘yish, uni cherkov qavmiga, ya’ni aholi ro‘yxatiga yozib qo‘yishdir.


Yüklə 282,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin