topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing



Yüklə 282,46 Kb.
səhifə1/13
tarix24.12.2023
ölçüsü282,46 Kb.
#192553
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
DINSHUNOSLIK TOPSHRIQ 2



2-topshiriq. 5 bal
Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing
1-mavzu: Milliy dinlarning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs e’tiqodini ta’minlashdagi ro‘li
1.Milliy dinlar deganda nimani tushunasi?
2.Yahudiylik dinining vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Yahudiylik dinining muqaddas manbalari haqida nimalar bilasiz?
4. Konfutsiylik qachon va qayerda vujudga kelgan?
5. Daosizm ta’limotining paydo bo‘lishi va asoschisi haqida qanday qarashlar mavjud?
1.Milliy dinlar deganda nimani tushunasi?
Milliy dinlar o‘z mazmun-mohiyati bilan asosan bir millatga mansub xalqlar e’tiqod qiladigan dinlardir. Milliy dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki Milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo‘lib, odatda, politeistik, ya’ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‘zallik ma’budasi, urush xudosi xudosi, quyosh xudosi va san’at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Xudi shunga o‘xshash qadimgi yahudiylar dinning xudosi - Yaxve ham ko‘p xudolikning yaqqol namunasidir. Quldorlik jamiyatidagi dastlabki Milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati oxirat to‘g‘risidagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishidir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‘la shakillanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne’matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‘nggi davrlariga kelib odamlar o‘rniga hayvonlar qurbon qilina boshlagan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ‘ib qilinardi. Milliy dinlar elat millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakillanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning shakllanishini o‘zlarida aks ettirgan. Milliy dinlar tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat marosimlar asosan muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bilan boshqa din shakillaridan ajralib turgan. Eng soʻnggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, sikxizm, daosizm, konfusiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik).

Yüklə 282,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin