Topshiriqlar



Yüklə 21,16 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü21,16 Kb.
#79834
1- Topshiriq(sirtqi)


Topshiriqlar
1. Ihtiyoriy sonning 3 – darajasini hisoblovchi PowerA3 nomli funksiya hosil qiling. PowerA3 funksiyasi orqali A, B, C haqiqiy sonlarining va D, E butun sonlarining 3 – darajasini hisoblovchi dastur tuzilsin.
2. Ihtiyoriy sonning 2, 3, 4 – darajasini hisoblovchi PowerA234 nomli funksiya hosil qiling. PowerA234 funksiyasi orqali A, B, C, D, E butun sonlarining 2, 3, 4 – darajasini hisoblovchi dastur tuzilsin. Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
void PowerA234(float , float *, float *, float *);
3. 2 ta sonning o’rta arifmetigi va goemetrigini hisoblovchi MEAN nomli funksiya hosil qiling. MEAN funksiyasi orqali A, B, C, D sonlaridan (A, B), (A, C), (A, D) juftliklarining o’rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi dastur tuzilsin.
Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) void MEAN(float , float , float *, float *);
2) void MEAN(float *, float *, float *, float *);
4. Teng tomonli 3 burchakning yuzasi va perimetrini hisoblovchi Triangle nomli funksiya hosil qiling. Triangle funksiyasi orqali 3 ta teng tomonli uchburchakning perimetri va yuzini hisoblovchi dastur tuzilsin.
Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) void Triangle(float , float *, float *);
2) void Triangle(float *, float *, float *);
5. To’g’ri to’rtburchakning yuzini va perimetrini uning qarama – qarshi uchlari koordinatasi orqali hisoblovchi RectPS nomli funksiya hosil qiling. (x1, y1, x2, y2) to’g’ri to’rtburchakning qarama – qarshi uchlari. RectPS funksiyasi orqali 3 ta to’rtburchak yuzi va perimetrini hisoblang.
Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) void RectPS(int, int, float *, float *);
2) void RectPS(int *, int *, float *, float *);
6. Natural sonning raqamlari soni va raqamlari yig’indisini hisoblovchi DigitCountSum nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, c sonlarining raqamlari soni va yig’indisini hisoblovchi dastur tuzilsin.
Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) void DigitCountSum (int, int *, int *);
2) void DigitCountSum (int *, int *, int *);
7. Butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi InvertDigit nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, c sonlarining raqamlari teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin.
Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) int InvertDigit (int );
2) int InvertDigit (int *);
8. Kiritilgan K butun musbat sonining o’ng tarafiga (oxiriga) R raqamini (1 <= R <= 9) qo’shuvchi AddRightDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) int AddRightDigit (int , int);
2) int AddRightDigit (int *, int *);
9. Kiritilgan K butun musbat sonining chap tarafiga (boshiga) R raqamini (1 <= R <= 9) qo’shuvchi AddLeftDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) int AddLeftDigit (int , int);
2) int AddLeftDigit (int *, int *);
10. Ikkita sonning qiymatini almashtiruvchi Swap nomli funksiya hosil qiling. Swap funksiyasi orqali A, B, C, D sonlaridan (A, B), (D, C) juftliklarining qiymatlarini almashtiruvchi dastur tuzilsin.
Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) void Swap (int *, int *);
11. X va Y sonlaridan kichigini X ga va kattasini Y ga yozuvchi Minmax(X, Y) funksiyasini hosil qiling. Minmax funksiyagini 4 marta chaqish orqali a, b, c, d butun sonlaridan kattasini va kichigini aniqlovchi dastur tuzilsin.
12. A, B, C sonlarini o’sish tartibida joylashtiruvchi SortInc3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng kichik va C ning qiymati eng katta bo’lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
13. A, B, C sonlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng katta va C ning qiymati eng kichik bo’lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
14. O’ngga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftRight3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni A ning qiymati B ga, B ning qiymati C ga, C ning qiymati A ga o’tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini siljiting.
15. Chapga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftLeft3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni C ning qiymati B ga, B ning qiymati A ga, A ning qiymati C ga o’tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini siljiting.
16. Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling. Funksiya argumenti noldan kichik bo’lsa -1; noldan katta bo’lsa 1; nolga teng bo’lsa 0 qiymat qaytarsin. Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a) + ishora(b) ifodasi hisoblansin.
17. Kvadrat tenglamaning ildizlar sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling. A * x2 + B * x + C = 0 ko’rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. (A noldan farqli son)
18. Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang. Doiraning yuzi S = π R2 orqali hisoblanadi. Pi = 3.1415 ni o’zgarmas deb qabul qiling.
19. Markazi bir nuqtada bo’lgan, R1 va R2 radiusga ega 2 ta aylananing ustma – ust tushmaydigan (kesishmaydigan) qismining yuzasini topuvchi RingS nomli funksiya hosil qiling. Doiraning yuzini hisoblash formulasidan foydalaning. S = π R2. Pi = 3.1415 ni o’zgarmas deb qabul qiling.
20. To’g’ri burchakli uchburchakning katetlari A va B berilganda, uning perimetrini hisoblovchi TriangleP nomli funksiya hosil qiling.
21. A va B sonlari orasidagi sonlar yig’indisini hisoblovchi SumRange(A, B) nomli funksiya hosil qiling. Agar A > B bo’lsa, funksiya 0 qiymat qaytaradi. Bu funksiya orqali A dan B gacha va B dan C gacha bo’lgan sonlar yig’inddisini hisoblang. A, B, C butun sonlar.
22. Arifmetik amallarni bajaruvchi Calc(A, B, Op) funksiyasini hosil qiling. A va B haqiqiy sonlar. Op o’zgaruchisi orqali bajariladiganarifmetik amal aniqlanadi. 1 – ayirish, 2 – ko’paytirish, 3 – bo’lish, boshqalari qo’shish. Shu funksiya orqali A va B sonlari uchun N1, N2, N3, N4 amallari bajarilsin. (N1 – N4 butun sonlar)
23. X va Y butun sonlari berilgan (X va Y noldan farqli). (X, Y) nuqta qaysi chorakda ekanini aniqlovchi Quarter nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali 4 ta nuqtaning choragini aniqlang.
24. Butun sonning juft – toqligini aniqlovchi Even(K) funksiyasini hosil qiling. Funksiya K juft son bo’lsa - true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Bu funksiya orqali 3 ta sonning juft yoki toqligi aniqlansin.
25. IsSquare(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K biror butun sonning kvadrati bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 3 ta sonni tekshiring.
26. IsPower5(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni 5 ning biror bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi 5 ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
27. IsPowerN(K, N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni N soninig biror bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi N ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
28. IsPrime(N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Agar N soni toq bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi tub ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
29. Butun qiymat qaytaruvchi DigitCount(K) funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Funksiya K ning raqamlari sonini qaytarsin. Shu funksiya orqali 5 ta sonning raqamlari soni aniqlansin.
30. Butun qiymat qaytaruvchi DigitN(K, N) funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Funksiya K sonining N – raqamini qaytarsin. Agar K soni raqamlari N dan kichk bo’lsa, minus bir qaytarilsin. Shu funksiya orqali K1, K2, K3 sonlarining N – raqami aniqlansin.
31. IsPalindrom(N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Agar N soni palindrom bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi palindrom ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin. IsPalindrom funksiyasinida DigitCount va DigitN funksiyalridan foydalanish mumkin. (Qarang 29, 30)
32. Haqiqiy qiymat qaytaruvchi DegToRad(D) funksiyasini hosil qiling. (360 > D > 0). Funksiya D gradusning radian qiymatini qaytarsin. Shu funksiya orqali 3 ta berilgan burchakning radianga qiymati aniqlansin.
Yüklə 21,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin