III va IV darajadagi kuyish
III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi, ularning anatomik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Keng hajmdagi soha kuyganda oqibat ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Kuyishning shu darajasida, jarohat olgan bemorda kuyish shoki kelib chiqadi, chunki bemor juda kuchli, chidab bo‘lmaydigan og‘riqni his qiladi, buning natijasida es-hushini yo‘qotadi va atrof muhitni his qilmay qo‘yadi. Shok holatida qon bosimi tushib ketadi, pulslar soni ortadi. Bunday holat yog‘, bug‘, qaynoq suv bilan teri sohasining 10 foizdan 30 foizgacha jarohatlanishidan kelib chiqadi. Zararlangan terida chuqur yaralar paydo bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi chandiq qoladi. Ayrim hollarda bemor nogiron bo‘lib qoladi.
IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas!
Kuyish inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi. Shuning uchun ham har bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan elementar harakatlarni bilishi shart. Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak:
Dostları ilə paylaş: |