Tormoz boshqarmasining ish jarayoni reja



Yüklə 49,69 Kb.
səhifə7/7
tarix19.12.2023
ölçüsü49,69 Kb.
#186208
1   2   3   4   5   6   7
Tormoz boshqarmasining ish jarayoni

Tormoz mexanizmlari. Tormoz kuchini hosil qilish vazifasini tormoz mexanizmi bajaradi. Tormoz mexanizmlari g‘ildiraklarda yoki transmissiyada
joylashgan bo‘lishi mumkin. Tormoz mexanizmi qancha katta qarshilik xosil qilsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Uning maksimal qiymati g‘ildirak va yo‘l orasidagi ilashishga hamda yo‘ldan g‘ildirakka ta’sir qiluvchi vertikal reaksiyaga (Rz) mosli, ya’ni:
ПТмах=φ*PЗ; (bu yerda: φ - ilashish koeffitsiyenti)
Ilashish koeffitsiyenti ancha katta bo‘lsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Masalan, quruq asfalt yo‘lda (φ 0,8) tormozlanish samaradorligi yaxshi bo‘lsa, xuddi shu yo‘lda yomg‘irdan keyin (φ 0,5) tormozlanish samaradorligi pasayadi. G‘ildirak bilan yo‘l orasidagi ilashish yaxshi bo‘lishi uchun g‘ildirak g‘ildirashi kerak. Agar g‘ildirak g‘ildirashdan to‘xtasa, ya’ni blokirovkalansa, u holda g‘ildirak yo‘l ustida sirpanadi va ilashish koeffitsiyenti 20...30 % ga kamayadi.
Friksion tormoz mexanizmlari keng taralgan bo‘lib, ularning ishlash prinsipi aylanuvchi detallarning qo‘zg‘almas detallarga ishqalanishiga asoslangan. Aylanuvchi detallarning shakliga qarab tormoz mexanizmlari barabanli va diskli blishi mumkin (8, 9-rasmlar).
Tormoz mexanizmlari quyidagi mezonlar orqali baxolanadi:

  • samaradorligi;

  • bararorligi;

  • muvozanatlashgani;

  • reversivligi.

9-rasm. Barabanli tormoz tizimi. 1-tormoz barabani; 2-tormoz shit; 3- tormozning ishchi silindri; 4-tormoz ishchi silindrining porsheni; 5-qaytaruvchi prujina; 6-friksion qoplama; 7-tormoz barabani.
Tormoz mexanizmi qancha katta tormoz momenti hosil qilsa, shunchalik samarador hisoblanadi. Tormoz mexanizmidagi ishqalanish koeffitsiyentining o‘zgarishi (qizishi, namlanishi, moylanishi kabilar natijasida) tormoz samaradorligi ta’sir etmasa, bunday tormoz mexanizmlari bararor xisoblanadi. Tormozlanish vaqtida tormoz mexanizmi hosil qilayotgan ishqalanish kuchlari aylanayotgan detallarning tayanchiga (podshipnikka) yuklanish hosil qilmasa, bunday tormoz mexanizmlari muvozanatlashgan deyiladi. Avtomobilning oldinga va orqaga harakati davomida tormoz samaradorligi o‘zgarmasa bunday tormoz mexanizmlari reversiv deyiladi.
Yüklə 49,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin