Tormoz mexanizmlari. Tormoz kuchini hosil qilish vazifasini tormoz mexanizmi bajaradi. Tormoz mexanizmlari g‘ildiraklarda yoki transmissiyada joylashgan bo‘lishi mumkin. Tormoz mexanizmi qancha katta qarshilik xosil qilsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Uning maksimal qiymati g‘ildirak va yo‘l orasidagi ilashishga hamda yo‘ldan g‘ildirakka ta’sir qiluvchi vertikal reaksiyaga (Rz) mosli, ya’ni: птМс = P3 ; (bu yerda: - ilashish koeffitsiyenti)
Ilashish koeffitsiyenti ancha katta bo‘lsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Masalan, quruq asfalt yo‘lda (^0,8) tormozlanish samaradorligi yaxshi bo‘lsa, xuddi shu yo‘lda yomg‘irdan keyin (^0,5) tormozlanish samaradorligi pasayadi. G‘ildirak bilan yo‘l orasidagi ilashish yaxshi bo‘lishi uchun g‘ildirak g‘ildirashi kerak. Agar g‘ildirak g‘ildirashdan to‘xtasa, ya’ni blokirovkalansa, u holda g‘ildirak yo‘l ustida sirpanadi va ilashish koeffitsiyenti 20...30 % ga kamayadi.
Friksion tormoz mexanizmlari keng taralgan bo‘lib, ularning ishlash prinsipi aylanuvchi detallarning qo‘zg‘almas detallarga ishqalanishiga asoslangan. Aylanuvchi detallarning shakliga qarab tormoz mexanizmlari barabanli va diskli blishi mumkin (37, 38- rasmlar). Tormoz mexanizmlari quyidagi mezonlar orqali baholanadi: samaradorligi; barqarorligi; muvozanatlashganligi; reversivligi.
38-rasm.Barabanli tormoz tizimi. 1-tormoz barabani; 2-tormoz ; 3-tormozning ishchi silindri; 4-tormoz ishchi silindriningporsheni; 5-qaytaruvchi prujina; 6-friksion qoplama; 7-tormoz barabani. Tormoz mexanizmi qancha katta tormoz momenti hosil qilsa, shunchalik samarador hisoblanadi. Tormoz mexanizmidagi ishqalanish koeffitsiyentining o‘zgarishi (qizishi, namlanishi, moylanishi kabilar natijasida) tormoz samaradorligi ta’sir etmasa, bunday tormoz mexanizmlari bararor xisoblanadi. Tormozlanish vaqtida tormoz mexanizmi hosil qilayotgan ishqalanish kuchlari aylanayotgan detallar- ning tayanchiga (podshipnikka) yuklanish hosil qilmasa, bunday tormoz mexanizmlari muvozanatlashgan deyiladi. Avtomobilning oldinga va orqaga harakati davomida tormoz samaradorligi o‘zgarmasa bunday tormoz mexanizmlari reversiv deyiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI