Bu bosqichda nerv hujayralari o’zaro o’simtalari orqali qo’shilib “to’r” ni hosil qiladi. Bunday hayvonlarda 2 xil hujayra: tashqarida joylashgan retseptor hujayralar va ichkarida joylashgan effektr hujayralar. Tanani qaysi joyiga ta’sir ettirilsa ham ichki hujayralar butun tanani harakatlantiradi.
Bu bosqichda nerv hujayralari to’planib, nerv tugunlarini hosil qiladi. Nerv o’simtalari to’planishidan nerv dastalari hosil bo’ladi. Ular ikki yo’nalishda: ko’ndalangiga va bo’ylamasiga tarqaladi. Shuning uchun ularga ta’sir qilinganda faqat ma’lum segment ta’sir- lanadi.
Naysimon nerv tizimi
Umurtqali hayvonlarda nerv hujayralari bir-biri bilan bog’lanib uzluksiz nerv tizimchasini hosil qiladi. Uning ichida bo’shlig’i bo’ladi. Bunda nerv tizimi bir xil segmentlardan iborat bo’lib, neyronlarning o’simtalari ma’lum bir segmentga tegishli sohada tarqaydi.