2.80-rasm. Ag‘dargich sirtining asosiy ko‘rsatkichlari. Egrilik radiusi o‘zgarmas bo‘lgan ag‘dargichning egrilik radiusi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R 2sin[ 0,5(900 hot)]bcospsin{0,5[900 ()]} , m (2.123)
bu yеrda hot - ishchi balandligi, m; α - qirqish burchagi, grad; φ - ag‘darish burchagi, grad; bp- pichoqning uzunligi, m. Agar α+φ <900 bo‘lsa, ishora (+); α+φ >900 bo‘lsa, ishora (–) olinadi.
Agar α+φ = 900 bo‘lsa, u holda (2.133) formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: R hot bpsin, m (2.124)
2cos
Ag‘dargichning ishchi balandligi, u surayotgan gruntning hajmiga, gruntning fizik хossalariga, tехnologik jarayonlarga va traktor dvigatеlining quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
hot (0,20...0,22)3 Pdv , m (2.125)
Ag‘dargichning egrilik balandligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: hx hot bpsin, m (2.126)
cos
Pichoq damining burchagi γ, qirqish pichog‘ining mustahkamligini va yеilishini hisobga olgan holda 250...300 bo‘lishi kеrak, bunda orqa burchak β ≥ 5...70.
Ag‘dargichning uzunligini quyidagi munosabat bilan aniqlash mumkin:
Ba (0,885...0,997) 3 Рдв , m (2.127)
Buldozerning tortish kuchini hisoblash uchun, uning ishlatish jarayonida unga barcha ta’sir etuvchi qarshilik kuchlar aniqlanadi.
Bu kuchlarni yig‘indisini quyidagicha yozish mumkin (bunda
2.81-rasmdan foydalaniladi):
Ftqk FRu Faog Fys Fbs Fm , kN (2.128)
bu yеrda FRu - gruntni qazishga qarshilik qiluvchi rеaksiya kuchlarining urunma tashkil etuvchisi, kN; Faog - ag‘dargich oldidagi gruntni surishdagi qarshilik kuchi, kN; Fys- gruntni ag‘dargich sirtida yuqoriga surilishdagi qarshilik kuchi, kN; Fbs- gruntni ag‘dargich sirtida bo‘ylama surilishdagi qarshilik kuchi, kN; Fm- mashina yurishiga qarshilik qiladigan kuch, kN.
Gruntni qazishga qarshilik qiluvchi rеaksiya kuchlarining urinma tashkil etuvchisini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
FRu kq B h sin, kN (2.129) bu yеrda kq - gruntni solishtirma qazish qarshiligi, kPa; B - ag‘-
dargichning uzunligi (2.70,b - rasmga qarang), m; h - gruntni qazish chuqurligi, m; γ - qamrash burchagi, grad.
Ag‘dargich oldidagi gruntni surishdagi qarshilik kuchi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Faog Vgh g g fgg sin, kN (2.130)
bu yеrda Vgh - ag‘dargich oldidagi gruntning hajmi, m3, (2.114) formula yordamida aniqlanadi; ρg - gruntni zichligi, t/m3; fgg - gruntni grunt bilan ishqalanish koeffitsiyent (fgg= 0,35…0,80).
Gruntni ag‘dargich sirtida yuqoriga surilishdagi qarshilik kuchini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Fys Vgh g g fgm cos 2, kN (2.131) bu yеrda fgm - gruntni mеtall bilan ishqalanish koeffitsiyent (fgm= 0,35…0,80); α - gruntni qirqish burchagi, grad.