Lablaringni rashkidin la’li Badaxshondur xijil,
Tishlaringmu durri shahvoringdin o‘rgulsun quling.
Zori dil noahllarg‘a qilmog‘il fosh, ey Muqim,
Bulhavaslar sirri asroringdin o‘rgulsun quling.
0 ‘RGULSU
N
QULI
N
G
26
KO‘ZLARI
N
G
Surma qo‘ymay muncha ham, jono, qarodur ko‘zlaring,
Har bir jon qasdig‘a boqqan balodur ko‘zlaring.
Oshno begonalarga, bir umr xush-xush nigoh,
Oshnolarga g‘araz nooshnodur ko‘zlaring.
Boqmag‘ay oshiqqa sahvan ham qiyo, faryodkim,
Rasmu oyini magar javr-u jafodur ko‘zlaring.
Ohuyi Chin ko‘rdi-yu shahlolig‘idin qon yutub,
Rashkdin ovorai dashti Xitodur ko‘zlaring.
N
argisi mastingdin uzmak mumkin ermas diydani,
Yoki mujgon davrida mehrigiyodur ko‘zlaring.
Intizor aylab o‘zi ham, ajrig‘a oyinasi,
0 ‘z jamolini ko‘rolmasdin adodur
ко
zlaring.
Qumri sarvi qaddu, bulbul gul yuzingning volasi,
Men Muqimiyga hamisha muddaodur
ко
zlaring.
27
N
AZOKAT BOG‘IDA
Ey, nazokat bog‘ida ra’nolig‘ingdin o‘rgulay,
Surma qo‘ymay ko‘zlari shahlolig‘ingdin o‘rgulay.
Chok-chok aylab giribon gul, degay beixtiyor,
Chehrai oling ko‘rib humrolig‘ingdin o‘rgulay.
Yuz tarafdin dod-u faryod etsa ham oshiqlari,
Hech boqmas sho‘xi beparvolig‘ingdin o‘rgulay.
Xandalar, shirin tabassumlar bilan har yon boqib,
Alg‘araz bir qamchi bazm orolig‘ingdin o‘rgulay.
«Oh o‘ldum» ham desangkim zarra bovar qilmagan,
Dostları ilə paylaş: |