39
nasixatlar cheklangan bo‘lishiga qaramay, xozirgi kunda targ‘ibot va tashviqotda,
notiqlarning o‘z faoliyatlarini yo‘lga ko‘yishlarida muhim ahamiyatga ega.
Notiqlik va Ritorika borasida ham Sharq, xususan Mavorounnahr va Xuroson
maktabi namoyondalari jahon madaniyatining gultojisi sifatida ajralib turadi. Bu
borada notiqlik san’atida o‘ziga xos maktab yaratgan
Husayn Voiz Koshifiy
(1440-
1505) butun Xuroson diyorida Husayn Bayqaroning voizi, ta’birchisi, maslahatchisi
sifatida mashhur edi. U musulmon xalqlariing muqaddas kitobi qur’oni Karimga
oddiy
xalq tushunadigan qilib, soddalashtirib, to‘rt kitobdan iborat sharh yozgan.
Koshifiy o‘z zamondoshlaridan farqli o‘laroq, yuzni o‘qish san’ati bo‘yicha ham
ibratli fikrlarni bayon qilgan. Voiz Koshifiy insonning chehra, soch, quloq, tishiga
qarab axloqini, fe’l-xuyini aytib berish iste’dodiga ega bo‘lgan ajoyib xislat sohibi
edi. Uning nomi ismi hozir ham tillardan tushmaydi.
Koshifiy Voiz sifatida o‘z davrining mashxur kishilaridan bo‘lish bilan birga,
o‘z davrining zabardast olimi, astranomi, shoiri ham edi. Navoiyning e’tarof
qilishicha, Xusayn Voizning
"Ozfan bo‘lgaykim, daxli bulmag‘ay, hususan, vaz, insho
va nujumki aning xaqqidur va xar qaysisida mutaayin bor"
Uning nutqlari jo‘shqin
va extirosli bo‘lganligidan kishilarni ko‘plab jalb etar edi. Xusayn Voiz Koshifiyning
nutqlarini ta’sirchanligi va jozibadorligini, uning o‘gli Faxriddin Ali Safiy
"Latoyifut
tavoyif"
nomli asarida shunday voqeani keltiradi:
"Kunlarning birida axli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashxur so‘z
ustasi ancha kechikib kelgan. Shu majlisda Abduraxmon Jomiy ham bor ekan. Sayid
G‘iyosiddin kirib kelishi bilan Jomiy undan so‘rabdi:
Nechuk kechikdingiz, Mavlono G‘iyosiddin?
Meni ma’zo‘r tuting, ustod, - debdi G‘iyosiddin, kelayotgan edim, masjidi jome’da
Xusayn Voiz nutq suzlayotgan ekan, shunga maxliyo bo‘lib qolibman"
Ko‘rinadiki, Xusayn Voiz Koshifiyning nutqlari o‘zining jozibadorligi bilan
xar qanday kishini jalb qila olgan. Xusayn Voiz Koshifiy notiq sifatida shunday e’tiborli
bo‘lganki, Xondamirning yozishicha, u aniq jadval bilan ishlashga majbur bo‘lgan.
Koshifiyning
"Futuvvatnomai Sultoniy" yoxud javonmardlik tariqati
asarida suhbat
odobi haqida shunday deyiladi.
40
Bilgilni, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan
odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to‘g‘ri va
haqqoniy bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa jim turgan maqul. Agar martabaga
erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak, deb so‘rasalar, aytgil,
quyidagi sakkiz qoidani saqlashlari kerak:
1.
Xar kimning axvoliga qarab, munosib so‘z aytsin.
2.
Dag‘allik kilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin.
3.
Gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin.
4.
Ovozini baland ko‘tarmasin. Eshituvchilarga malol keltirmaydigan qilib
gapirsin.
5.
Odamlarga naf’i tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin.
6.
Agar so‘zning qimmati - qadri bo‘lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug‘larning
so‘zi bamisoli urugdir, agar urug puch Yoki chirigan bo‘lsa, uni qaerga ekmang
unib chiqmaydi.
Dostları ilə paylaş: