Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Ritorika

grammatik
ma’no odatda ko‘plik ma’nosini 
ifodalaydi; 
mashina-mashina qovun tushurdik. 
Takrorining ikkinchi turi 
badiiy takror
turli hil ma’nolarni ifodalaydi; 
Tong Yaqin, tong Yaqin, oppoq tong Yaqin. 
Yoki 
Ko‘m ko‘k, ko‘m ko‘k, 
ko‘m kuk ko‘klam quyoshidan ko‘kargan qirlar ko‘m ko‘k.
Fonema grekcha "Pxonema" so‘zidan olingan bo‘lib - nutq tovushi degan 
manoni anglatadi xar bir tilda fonemalarni ma’lum miqdori mavjud. O‘zbek tilida 31 
ta fonema bor. (6 unli 25 ta undosh) Fonemani tovushdan farqlamoq kerak. Fonema 
so‘zi ma’nosini farqlash uchun xizmat qiluvchi tildir. 
Sinonim so‘zi grekcha 
"Sinonimos" 
so‘zidan olingan bo‘lib bir nomli degan 
ma’noni anglatadi. Sinonim so‘zlar nutqning ta’sirli bo’lishiga yordam beradi. Shakli 
xar-qil bo‘lsa ham, ma’nosi bir-biriga Yaqin so‘zlar sinonim so‘zlar deyiladi. 
Qarama-qarshi manoli so‘zlar antonim so‘zlar deyiladi. Antonim so‘zi grekcha 
anti (zid, qarama - qarshi) va onim (nom) so‘zlaridan tuzilgandir. 
Odatda u yoki bu tilning boyligi gapirilganda asosan shu tildagi so‘zlar ko‘zda 
tutiladi. Tilda so‘z miqdori qancha ko‘p bo‘lsa o‘sha tilni boy til tarzida talqin qilish 
keng tarqalgan. Bu talqin ma’lum ma’noda tug‘ridir. Chunki tildagi so‘z mikdori til 
boyligining ta’minlovchi asosiy omillarlan biri bo‘lsa, til boyligi shu bilangina 
cheklanmaydi. Bu o‘rinda albatta o‘zbek tilining sinonimlarga fraziologizmlarga 
nihoyatda boy ekanligi ular ma’nolarining shuningdek, umuman o‘zbek tilidagi 
so‘zlarning ko‘p manolilik darajasi nihoyatda yuqori ekanligi ham hisobga olinadi. 


54 
Ma’lum xududdagina ishlatilib, faqat shu erda yashovchi kishilarga tushunarli 
bo‘lgan so‘zlar 
 
Shevaga 
hos so‘zlardir.
Yozuvchilar badiiy asarlarida qaxramonlarning qaerlik ekanligini, tilidagi 
xususiyatlarini ko‘rsatish uchun ularning nutqida ba’zan Shevaga hos ko‘shimcha 
va so‘zlarni ishlatadilar. O‘zbek tilining maxalliy Shevalari ko‘p. Ba’zan bir 
tushunchaning o‘zi maxalliy
Shevalarda xar-hil so‘z bilan ifodalaniladi. M: 
Narvon 
– (Toshkentda) 
Shoti 
– (Farg‘onada), 
Zangi 
– (O‘rganchda)
Nutq mavjud ifoda vositalaridan foydalangan xolda mavjudlikka 
(xaqiqatga) 
aylangan fikrdir. Nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa 
bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach xaqiqatga aylanadi. 
Til boyligi deganda nimani tushunmok kerak? Odatda u yoki bu tilning boyligi 
gapirilganda asosan shu tildagi so‘zlar ko‘zda tutiladi. Tilda so‘z mikdori qancha ko‘p 
bo‘lsa O‘sha tilni boy til tarzida talqin qilish keng tarqalgan. Bu talqin ma’lum ma’noda 
to‘g‘ridir. Chunki tildagi so‘z mikdori til boyligining ta’minlovchi asosiy omillardan 
hisoblanadi. Bu o‘rinda albatta o‘zbek tilining sinonimlarga, fraznologizmlarga 
nihoyatda boy ekanligi ular ma’nolarining shuningdek, umuman o‘zbek tilidagi 
so‘zlarning ko‘p ma’nolilik darajasi nihoyatda yuqori ekanligi ham hisobga olinadi. 
Insonning nutqiy ko‘rinishi uch turda namoyon bo‘ladi. So‘zlash deyilganda 
so‘zlovchiga ma’lumot, maslaxat berish, buyurish Bular: 
so‘zlash, mutolaa va eshitish. 
o‘ziga nomalum bo‘lgan narsalar haqida so‘rash anglashilali. So‘zlanganda 
so‘zlovchining bilimi, madaniyati, odobi yuzaga chiqadi. 
So‘zlash manologik va diologik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Monologik nutqda 
bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi. 
Suhbatdosh tomonidan bulinmaydi. Diolog nutqda Muloqot qiluvchi navbat bilan goh 
tinglovchi, goh so‘zlovchi bo‘lib turadi. 
Ma’lumki, nutq og‘zaki va yozma ko‘rinishga ega. Og‘zaki nutq gapirib 
turgan vaqt birligidagina mavjud bo‘lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. 
Og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi. Tushunchalar bilan "uning libosi" 
bo‘lgan so‘z birgalikda "yashin tezligida" tilga kela boshlaydi. 
Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi fikrlarga 


55 
monand xolda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarni aql nazorat qilib 
boradi. Fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan xolda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. 
Og‘zaki nutq taxrir imkoniyatidan maxrum. U qanday shaqlda borlikka kelgan 
bo‘lsa shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi. 
Og‘zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zuxur etiladi. 
Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog‘liq. 
Shunga ko‘ra unda uzundan - uzoq kirish, keng izohlar ham uchraydi. Ayniqsa, 
hodisalarning narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va 
so‘zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. 
Og‘zaki nutq so‘z boyligi jixatidan yozma nutqka nisbatan ancha kambag‘al 
bo‘ladi. Unda bir hil so‘zlar, bir hil Shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi, bu xol til 
vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog‘liqdir. 
Og‘zaki so‘zlovchining faol nutqiy harakati tuxtam (pauza), ohang, urg‘u, turli-xil 
imo-ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi.
To‘xtam - 
ovozning vaqtincha to‘xtashi bo‘lib, bu davrda nutq a’zolari to‘xtaydi, 
nutq oqimi uziladi. To‘xtam davrida nafas olinadi va nutqning navbatdagi qismini 
talaffuz qilishga xozirlik ko‘riladi. To‘xtamdan turli maqsadlarda foydalaniladi. 
Nutqning bir nafas tugaguncha aytilgan qismidan so‘ng Yangi nafas olish uchun 
qilingan tuxtalish, nafasni rostlash to‘xtami deyiladi. Nafas rostlash tuxtamida o‘pkaga 
xavo to‘ldirilib olinadi. Bunday to‘xtamdan radio-televideniya suxandonlari yaxshi 
foydalanadilar. 
Yozma nutq
og‘zaki nutqdan quydagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Nutqni 
yozayotgan muallif vaqt jixatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z 
nutq qismlarini va butun nutqni qayta -qayta taxrir qilish, fikr uchun eng mos 
imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko‘paytirishi mumkin. Shuning uchun ham 
yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir. 
Kishilarning nutqiy faoliyati monolog, diolog, polilog ko‘rinishda amalga 
oshadi.
Monolog 
- so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchiga qaratilgan nutqidir. Monolog 
nutqda so‘zlovchi o‘ziga ma’lum bo‘lgan voqea-hodisalar, o‘z ichki kechinmalari 


56 
haqida ma’lumot beradi. 
Ichki monolog adabiyotda ko‘llaniluvchi uslubiy usullardan biridir. Bu usul yuz 
bergan aniq voqealarni, ularning zamirida qaxramon ichki kechinmalarida paydo 
bo‘lgan fikrlar sifatida bayon etish imkonini beradi.Ichki monolog so‘zlovchining 
ichki nutqidir. 
Tashqi monolog so‘zlovchining tashqi nutqidir. Unda til imkoniyatlari 
harakatga keladi.
So‘zlovchining ichki xis-tuyg‘ulari, ruhiy kechinmalarini ifodalovchi tashki 
nutq 
lirik monolog 
deyiladi. Lirik monologda shaxsning orzu umidlari, tashqi 
dunyodan olgan ta’ssurotlari, kelajak rejalari aks etadi. So‘zlovchining yuz bergan 
voqea-hodisalar haqida xikoya qilib berishi 
xabar monologi 
hisoblanadi. Xabar 
monologi xikoyachilik, qissachilikda ko‘proq ko‘llaniladi. 
So‘z bo‘g‘inlaridan birning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan 
aytilishi urg‘u deyiladi. 
So‘zning urg‘u tushgan bo‘g‘ini urg‘uli bo‘g‘in, qolganlari 
urg‘usiz bo‘g‘in deyiladi. O‘zbek tilida ypg‘y asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga 
tushadi. So‘zlarga ko‘shimcha kushilsa urg‘u ham kuchayadi. 
Diolog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda xar-bir fikr to‘g‘ridan to‘g‘ri 
suhbatdoshga karatilgan bo‘ladi. Diolog nutqning sintaktik qurilishi monologik 
nutqka qaraganda sodda tuziladi. 
Dialog deganda ikki va undan ortiq kishilarning 
o‘zaro suhbati tushuniladi. 
Diologda xar bir shaxsning gapi xat boshidan tire kuyib 
yoziladi. 
Imo-ishora 
deb, nutq jarayonida ixtiyorsiz ravishda namoyon bo‘ladigan ko‘l 
va gavda harakatlariga aytiladi. Imo-ishoralar yordamida fikr bildiriladi. 
Nutqning quyidagi turlari mavjud bular: 
1.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin