52
Xar bir kishining yoshiga, bilimiga, umuman madaniy saviyasiga qarab, uning
nutqi o‘ziga hos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Xar bir kishining o‘z nutqi bor. Nutqda xar
qanday fikr mantiqan asoslangandagina uning ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi.
Aniqlik
izchillik va dalillilik - to‘g‘ri fikr yuritishning zaruriy hususiyatidir. Nutq to‘g‘ri
bo‘lishi uchun fikrlar aniq va muayyan, bir - biriga izchil suratda bog‘langan bo‘lishi
lozim, fikr yurgizalayotgan mavzudan chet ga chiqmaslik zarur, mazmunida ziddiyatlar
va
poyma - poy, dudmal gaplar bo‘lmasligi kerak. Xukmlar va xulosalar asosli
bo‘lmog‘i lozim, yo‘ksa ishonarli bo‘lmay qoladi.
Demak nutq – bu notiqning
tinglovchilarga bilim, ko‘nikma va malaka berishi, ularda yangi xaqiqatlarni ocha
bilishiga qodir bo‘lgan ijodiy, mantiqiy tafakkur tarbiyasidir.
Nutq boyligi tildagi imkoniyatlar, Yani boylikni unda kay darajada o‘z aksini
topganligi bilan belgilanadi. Nutqda tildagi rang-barang vositalar o‘z ifodasini topgan
bo‘lsa bunday nutq boy nutqdir. Xar bir kishi o‘z nutqiga e’tibor qilsa, nutq tuzish
ma’suliyatini
his etsa, nutqning boy bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Zero so‘zga,
nutqka e’tiborsizlik bilan qarash uni qashshoqlashtiradi. Bu esa tilning
qashshoqlashishi uchun ham sabab bo‘ladi. Adabiyotshunos O.Sharofiddinovning
quydagi fikrlariga e’tibor qiling.
"So‘z juda o‘jar narsa bo‘ladi. Unga befarq qarasang
manosidan bir chimdim yashirib qolishiga, hamma rangni nomoyon qilmaslikga
o‘rinadi. Shunday so‘zlar borki, ular kappalakga o‘xshab jumladan jumlaga engil
ko‘chib yuraveradi,tayinli xizmati bo‘lmaydi"
1
.
Til - ijtimoiy hodisadir. Tilning ijodkori xalqning o‘zidir. Xar bir avlod o‘zidan
oldingi avlod foydalangan muomaladagi tilga duch keladi va uni egallab oladi. Ya’ni
o‘zining nutqida shu tildan foydalanadi. Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, ayni
vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, nutq va til bir-biriga bog‘langan, ular
birgalikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, xar
bir til tarixiy taraqqiyot
davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash protsessida vujudga kelgan
va o‘sib borgan. Xar bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuviga
bog‘liq Agar odamlar biror tilda gaplashmay ko‘ysalar bu til yo‘k bo‘lib ketadi. M:
qadimgi grek (Yunon), lotin tillari mana shunday o‘lik tillardir.
1
O.Sharofiddinov. Birinchi mujiza. Т.: G‘ofur G‘ulom 1991.B 294
53
Til nutq uchun moddiy materialdir. Bu material asosida nutq tashkil topadi.
Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo‘ladi. Tilda ruhiy va moddiy material
mavjud. Morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy material
hisoblanadi. Nutq yaratish jarayonida ma’lum tovush to‘plami (kompleks) nomoyon
bo‘ladigan
so‘z Shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialidir. Bunda til bir
tomondan hodisa bo‘lsa, ikkinchi
tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib
chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligi – uning ongda saqlanishidir. Moddiyligini esa nutq
jarayonida yuzaga keluvchi mavjud (real) tovushlar belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: