O’iymato’lchovi hisob ob’ektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida pul o’lchovi vazifasini so’m va uning qismi bo’lgan tiyin bajaradi. O’iymat o’lchagich yordamida har xil bo’lgan xo’jalik mablag’lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko’rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiqarilaetgan mahsulotga qilingan barcha harajatlar umumiy summasi (uning ishlab chiqarish tannarxi) hisoblab chiqiladi.
O’iymat o’lchagichidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo’jalik faoliyatining eng muhim ko’rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin.
O’iymat o’lchagichi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish (byudjetlash) hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo’lib hisoblanadi.
Binobarin, pul o’lchagichi xo’jalik faoliyatining eng muhim bo’lgan miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir.
O’iymat o’lchagichi hisobda ko’pincha moddiy va mehnat o’lchagichlari bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan, moddiy qiymatliklarning puldagi ifodasi ularning naturadagi miqdorini sotib olish narxiga ko’paytirish asosida aniqlanadi. Qki, masalan, ishbay ishchining ish haqi shu ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot sonini shu mahsulot birligiga belgilangan narx (rastsenka)ga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi butun mamlakat bo’yicha hamda har bir korxona, tashkilot va muassasa bo’yicha belgilangan ishlab chiqarish dasturining bajarilishini aks ettiradi.
Xalq xo’jalik hisobning oldiga qo’yilgan vazifalarga qarab ularning uch turi mavjud: