2.3. Kurs ishi (loyihasi) tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar
Talabalarning ilmiy-tatqiqot ishlari, kurs ishlari, ular olib boradigan mustaqil ishlarning eng yuqori shakllaridan biri bo’lib, u barcha talabalar uchun majburiy hisoblanadi. Talaba kurs ishini bajarish jarayonida izlanish olib boradi, umumiy fizikaga oid adabiyotlar, internet ma’lumotlari bilan ishlaydi va o’rganadi. Ularni fandagi mavjud muammolarini hal qilish maqsadida, olimlarning turlicha yondoshganlari, ularning taxmin va g’oyalari, gipotezalarni tekshirish jarayonida qanday fizik kattaliklarga e’tibor berilgan, bu tekshirish natijasida olgan ilmiy va metodik bilimlarni kelgusida o’z ish faoliyatida bevosita qo’llashlariga yordam beradi.
Kurs ishidan nazarda tutilgan asosiy maqsad talabalarda mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish malaka va ko’nikmalarni hosil qilishdir. Talabalarga ularning qobilyati va qiziqishlariga qarab eksperimental yoki nazariy harakterdagi kurs ishlarini tavsiya qilish mumkin. Eksperimental harakterga ega bo’lgan ayrim ishlar, ilmiy tekshirish institutlarida ham bajarilishi mumkin. Kurs ishining maqsadi aniq ko’rsatilishi va unga qisqacha annotasiya yozilishi kerak.
Kurs ishining hajmi 15-20 betlar chamasida bo’lib, har bir bob va xulosa yangi betdan boshlanmog’i lozim. Ilmiy rahbarning tavsiyasiga binoan kurs ishi, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ximoya qilinadi.
Zaryadlar va zaryadlarning saqlanish qonuni
Elektr maydoni kuchlanganligi
Elektr maydoni kuchlanganligi
Elektr maydoni va ish. Maydon potensiali
Gauss teoremasi
Elektr sig’imi, Elektr maydon Energiyasi
Doimiy tok qonunlari
Doimiy tok qonunlari
Kirxgoff qoidalari
Nazorat ishi
Toklarning magnit maydoni
Toklarning magnit maydoni
Magnit maydon bajargan ish
Magnit maydon Energiyasi
Elektromagnit induksiya
O’zgaruvchan tok qonunlari
O’zgaruvchan tok qonunlari
Elektromagnit tebranishlar, to’lqinlar
Moddaning magnit hossalari
Turli muhitlardagi Elektr toki
Dostları ilə paylaş: |