Toshkent – 2019 №1 Laboratoriya ishi Oqsilning sho`rlanishi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/26
tarix06.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#86850
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

M.A.Isabekova




«О‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI »
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini

Toshkent – 2019

1 - Laboratoriya ishi




Oqsilning sho`rlanishi

Asbob va reaktivlar: no`xot uni, 10% li (NH4)2SO4 eritmasi, distillangan suv, NaCl kristallari, shtativ va probirkalar.


Gidrofil kalloidlar chuqur o`zgarishlarga uchramasa, ular zol holatdan gel holatga va gel holatdan zol holatga o`tib turadi. Biror oqsil (masalan, albumin gruppasiga kiruvchi) suvda eritilsa, uning molekulalari suv molekulalarini o`z atrofiga tortishi natijasida eritma tiniq bo`lib ko`rinadi. Shu tiniq eritmaga suv molekulalarini malum kuch bilan o`ziga tortib oluvchi tuz (NaCl) kristallari qo`shilsa, kolloid zarrachalar suvsizlanadi va oqsil molekulalari bir-biri bilan birikib, yiriklashadi xamda probirka tubiga cho`ka boshlaydi yoki eritma loykalanib qoladi. Tarkibida oqsil molekulalari bo`lgan kolloid eritmaga tuz qo`shilganda uning koagullanib qolishi oqsilning sho`rlanishi deyiladi. Sho`rlangan va cho`kmaga tushgan oqsilni qaytadan tiniq eritma holatiga o`tkazish mumkin. Sho`rlanish xodisadisa oqsil o`z tabiyatini tubdan o`zgartirmasdan, faqat eruvchanlik xossasini vaqtincha yo`qotadi, yani eritmadagi tuzning konsentratsiyasi pasaytirilsa loyqalangan eritma qaytadan tiniq holatga o`tadi.
Tajriba uchun no`xot unidan 1-2 g olib, ustiga (NH4)2SO4 ning 10% li erimasidan 20ml quyib 3 minut chayqatiladi. 30 minutdan so`ng eritma toza va quruq probirkaga filtrlanadi. Keyin ikkita probirkaga 5ml dan qo`yib olinadi.Probirkalarning biri taqqoslash uchun ish tugaguncha o`z holicha qoldiriladi. Ikkinchi probirkadagi erimaga NaCl kristallaridan 1g chamasi qo`shib arakashtirilgandan so`ng, birinchi (kontrol) probirkadagi eritma bilan solishtirib ko`riladi. Tuz qo`shilganligi uchun ikkinchi probirkadagi eritma loyqalanganligi uchun kuzatiladi. Toza quruq probirkaga loyqalangan eritmadan 1ml quyib, ustiga 3-5ml distillangan suv qo`shilsa loyqalangan eritma asta-sekin tiniy borganligi kuzatiladi.

2. Laboratoriya ishi



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin