Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Cho'kma zarrachalar
— mineral, yadro va organik qatlamdan iborat. 
Suvda. shuningdek, juda ko'p miqdorda mikroorganizmlar ham bor bo'lib, ular 
atrof-muhit bilan muvozanatdadir. 
47
M. Hodjitdinova, A. Rizayev. Suv kimyosi va mikrobiologiyasi. Oʹquv qoʹllanma. ―Yangi 
nashr‖ nashriyoti. Toshkent – 2010 yil.
48
В. А. Зайцев. Промышленная экология Москва, 2009 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
211 
Chiqindilar tabiiy suv havzalariga turlicha ta'sir qiladi. Issiqlik bilan 
ifloslanish suv mikroorganizmlarining (ayniqsa, kichikroq yopiq suv havzalarida) 
hayotiy jaravonlarini jadallashtiradi, bu esa ekotizim muvozanatini buzadi. Mineral 
tuzlar bir hujayrali organizmlar uchun xavfli, muallaq zarrachalar suvning 
shaftofligini kamaytiradi, suv o'simliklarining fotosintezini va suv muhitini
buzadi, oqimning kam tezlikdagi zonalarida suv tubida cho'kindilarning hosil 
bo'lishiga olib keladi. Bu esa, suvda yashovchi organizmlari (filtratorlarining) 
hayot faoliyatiga o‗zining salbiy ta'sirini o'tkazadi. Muallaq zarrachalar o'ziga turli 
ifloslovchi moddalarni sorbsiyalashi mumkin; ular suv tubiga cho'kib, suvning 
ikkilamchi ifloslanishini keltirib chiqaradi. 
Suvning ifloslanishini (oqova suvlar tarkibini) o'rganish o'ziga xos 
tomonlarga ega. Atmosfera ifloslanishini aniqlashda bolganidek, doimiy tarkibdagi 
kam miqdor moddalarning boshqa ifloslovchilar mavjudligi sharoitida aniqlashga 
to'g'ri keladi. 
Farqi shundaki, illoslanmagan suvda murakkab tuzilishga ega organik va 
anorganik moddalar doimiy mavjud bo'ladi, bundan tashqari, suvda kimyoviy va 
fotokimyoviy jarayonlar sodir bo'ladi va ular kimyoviy moddalar tarkibining 
o'zgarishiga olib keladi. Kimyoviy o'zgarishlarda hayvon va o'simliklarga xos 
biologik obyektlar xam ishtirok etadi. 
Shuning uchun kislorodning mavjudligi suv tizimi tuzilishining muhim 
ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 
Suvning ifloslanishini to'g'ri baholashda, shuningdek, namunalar tanlashda 
moddalarni taqsimlash alohida ahamiyatga ega bo'lib, u ko'pincha mahalliy 
sharoitlarga, suv, yog'ingarchiliklar harakati, miqdori, tezligi va tabiatiga, 
ifloslovchi moddalarning fizikaviy-kimyoviy xususivatlariga, ularning suvdagi 
barqarorligiga va hokazolarga bog'liq. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin