Ammo elektr filtrlari ham boshqa filtrlar kabi kamchiliklardan holi emas ya‘ni: 1. Ularning yuqori darajada metall ushlashlik qobiliyatiga egaligi; 2.Ularning o‗lchamlari katta bo‗lib, ish rejimining o‗zgarishiga ta‘sirchanligi; 3.Elektr filtrlarining nisbatan katta elektr energiyasini iste‘mol qilishligi; 4.Changning portlash va o‗t olish xavfsizligini ta‘minlash uchun katta mablag‘ni sarflashga to‗g‘ri kelishligi. Shuning uchun changli havo yoki gaz
aralashmalarining sarfi katta bo‗lganda elektr filtrlaridan foydalanish maqsadga
muvofiq bo‗ladi.
Hozirgi paytda shunday elektr filtrlari ham yaratilganki, ular soatiga 1 mln.
m
3
changli havoni tozalashga qodirdirlar.
Bundan tashqari, sulfat kislotasi tumanlari tarkibidan gaz, selen va
margimush zarrachalaridan tozalash uchun ishlatiladigan nam elektr filtrlari ham
mavjud.
Havo yoki gazlar 3 asosiy maqsadlarda tozalanadi: 1. Atrof-muhit havosining ifloslanishini kamaytirish, ya‘ni havo tarkibidagi changning miqdorini uning ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiya (RECHK)sidan oshib ketmasligini ta‘minlash uchun. 2. Havo yoki gaz tarkibidan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun. 3. Texnologik jarayonlarga salbiy ta‘sir etuvchi va asbob-uskunalar hamda qurilmalarning buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun. Shuni yodda tutish kerakki, havo yoki gaz tozalangan hisoblanadi, qachon-ki,
agar havo tarkibidagi changning miqdori uning RECHKsini 30%ni tashkil etsa.
Aks holda havo toza hisoblanmaydi. Masalan, havo tarkibida uglerod oksidi (SO)
ning havodagi RECHKsi 5 mg/m
3
ga tengdir.
Yuqoridagi ta‘rifga asosan proportsiya tuzamiz: