Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
211
Chiqindilar tabiiy suv havzalariga turlicha ta'sir qiladi. Issiqlik bilan
ifloslanish suv mikroorganizmlarining (ayniqsa, kichikroq yopiq suv havzalarida)
hayotiy jaravonlarini jadallashtiradi, bu esa ekotizim muvozanatini buzadi. Mineral
tuzlar bir hujayrali organizmlar uchun xavfli,
muallaq zarrachalar suvning
shaftofligini kamaytiradi, suv o'simliklarining fotosintezini va suv muhitini
buzadi, oqimning kam tezlikdagi zonalarida suv tubida cho'kindilarning
hosil
bo'lishiga olib keladi. Bu esa, suvda yashovchi organizmlari (filtratorlarining)
hayot faoliyatiga o‗zining salbiy ta'sirini o'tkazadi. Muallaq zarrachalar o'ziga turli
ifloslovchi moddalarni sorbsiyalashi mumkin; ular suv tubiga cho'kib, suvning
ikkilamchi ifloslanishini keltirib chiqaradi.
Suvning ifloslanishini (oqova suvlar tarkibini) o'rganish o'ziga xos
tomonlarga ega. Atmosfera ifloslanishini aniqlashda bolganidek, doimiy tarkibdagi
kam miqdor moddalarning boshqa ifloslovchilar mavjudligi
sharoitida aniqlashga
to'g'ri keladi.
Farqi shundaki, illoslanmagan suvda murakkab tuzilishga ega organik va
anorganik moddalar doimiy mavjud bo'ladi,
bundan tashqari, suvda kimyoviy va
fotokimyoviy jarayonlar sodir bo'ladi va ular kimyoviy moddalar tarkibining
o'zgarishiga olib keladi. Kimyoviy o'zgarishlarda hayvon va o'simliklarga xos
biologik obyektlar xam ishtirok etadi.
Shuning uchun kislorodning mavjudligi suv
tizimi tuzilishining muhim
ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Suvning ifloslanishini to'g'ri baholashda, shuningdek,
namunalar tanlashda
moddalarni taqsimlash alohida ahamiyatga ega bo'lib, u ko'pincha mahalliy
sharoitlarga, suv, yog'ingarchiliklar harakati, miqdori,
tezligi va tabiatiga,
ifloslovchi moddalarning fizikaviy-kimyoviy xususivatlariga, ularning suvdagi
barqarorligiga va hokazolarga bog'liq.
Dostları ilə paylaş: