utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‗milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi to‗g‘risidagi Nizomi‖ tasdiqlandi. Ushbu Nizom 4 bobdan iborat
66
.
―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‗g‘risida‖ gi, O‗zbekiston
Respublikasi Qonunining ijrosini taminlash va muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarda fuqarolarning rekreatsiya, ekologik va boshqa turdagi turizmlarga
bo‗lgan huquqlarini ta‘minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining, 2018 yil 8
yanvar
13-son Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror 4 bobdan iborat
67
. (―Muhofaza
etiladigan tabiiy hudud (METH)da bo‗lish Namunaviy qoidalariga ilova‖ ta‘sis
etilgan. 1-ilovaga qarang).
2018 yilning 14-noyabr kuni O‗zbekiston Respublikasining ―Siyosiy
partiyalar to‗g‘risida‖gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil
etish bo‗yicha vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tadbir o‗tkazildi.
Tadbirda
―O‗zbekiston ekologik partiyasi‖ tashkil etilgani ma‘lum qilindi
68
.
Xorijiy davlatlar amaliyotida ekologiya sohasidagi siyosiy partiyalar jamiyat
hayotida muhim o‗ringa ega. Dunyoning 100 ga yaqin mamlakatida ekologik
partiyalar faoliyat olib boradi, Ularning aksariyati mamlakat siyosiy
maydonining teng huquqli a‘zosi sifatida vakillik organlariga o‗rinlar egallash
vazifalarini qo‗yib, parlamentda o‗z oldidagi mushtarak maqsadlarni davlat
siyosati darajasida ilgari suradilar.
Mamlakatda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, aholi uchun qulay
ekologik sharoit yaratish va noyob tabiatni saqlashga jamiyatning barcha
kuchlarini safarbar qilish, hududiy va mahalliy ekologik va fuqarolar sog‘ligini
muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, jamiyatda
ekologik madaniyat darajasini ko‗tarish singari dolzarb vazifalar shular
jumlasidandir. Umid qilamizki, mazkur yangi partiya yoshlarni tabiat va uning
resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lish
ruhida tarbiyalash ishlariga o‗zining munosib
hissasini qo‗shadi. Orol dengizi qurishi natijasida
yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy muammolarni
hal etish, Orol dengizi inqirozining salbiy
oqibatlarini yumshatish borasida amaliy natijalarga
erishadi.
_________________________________________