Toshkent 2020 yil


Biz megadunyoda yolg'iz emasmiz



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Biz megadunyoda yolg'iz emasmiz...

 
Biosfera va inson.
Keyingi paytlarda insoniyatning rivojlanishi juda 
tezlashdi. Planeta aholisi tezlik bilan ko'payib bormoqda. Tsivilizatsiya, ochko'zlik 
bilan tabiiy zahiralarni yutib yubormoqda va tashqi muhitga sezilarli 
o'zgarishlarni olib kelmoqda. Inson ta'siri ostida amalga oshirilayotgan katta 
maydonlarning o'zlashtirilishi, yaylov sifatida tabiiy manbalarning yo'qolishi, 
o'rmonlarning 
kesib 
yuborilishi, 
katta 
kanal 
va 
suv 
omborlarning 
qurilishi, sug'orish tizimlari, tog'larda foydali qazilmalarni izlash, tuproq eroziyasi, 
o'g'itlar, pestitsidlarning qo'llanilishi, meliorativ tadbirlar, tuproq, atmosfera va 
suvlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabi faoliyat natijalari tabiatga 
katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda, Yer biosferasining hayot tizimini yomon tomonga 
o'zgartirmoqda. Bunday o'zgarishlar inson hayoti uchun xavf-xatar tug'diradi,
natijada, juda og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ular shubhasiz 
barcha tirik organizmlarni halokatga eltadi.
Insoniyatning eng katta oliy maqsadi quyidagicha bo‗lmig‘ lozim: 
–Fan-texnika 
yutuqlaridan 
foydalanib, 
Sayyoramizni 
himoyalash 
tadbirlarini ishlab chiqish; 
–Tabiiy zahiralarini ko'paytirish yuzasidan keskin choralar ko'radigan payt 
kelganligini allaqachon anglab yetish;
–Tabiatni himoya qilish va zahiralardan foydalanish bilimlariga asoslangan 
poydevorga ega bo'lish bilan birga biosferani mahkam saqlash mexanizmiga 
asoslanish;
– Tabiatni asrab-avaylash qaysidir bir mamlakatnigina emas, balki umum planeta 
yoki umum biosferada yashayotgan xar-bir ongli mavjudotning oddiy kundalik 
yumushi bo‗lmog‘i lozim.
Ko‗pincha, Insonning dunyo rivojlanishiga ta'sirini vaqtincha va uzluksiz -
deb o'ylasimiz. Inson xo‗jalik faoliyatining dastlabki bosqichlarida, mehnat quroli 
sifatida tosh va olovni o'ylab topgan. Bu aniqki, o‗sha davrlarda tabiiy boyliklar 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
68 
o'ta cheksiz edi. Odam ot-aravadan foydalanishni o'rganganda ham tabiiy boyliklar 
to'lib-toshib yotar edi. Lekin o'sha davrlarda ham insoniyat yerga ayovsizlarcha 
munosabatda bo'ldi. Keyinchalik Insonning mehnat qobiliyati shunchalik rivojlanib 
ketdiki, u tabiiy boyliklarni, ulardan foydalanish yo'llarini to'xtovsiz izladi va 
topdi. Tsivilizatsiyaning boshlang'ich davridan boshlab inson tashqi muhitni 
o'zgartirishga harakat qildi va planeta ekotizimining tabiiy xazinasiga kirib olishga 
jur'at qildi. Quruq o‗tinlar yordamida olov yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy 
chirindi o'rniga anorganik modda-kul hosil bo'ldi. Uzoq vaqtlar qobiliyati ancha 
cheklangan inson, tabiatga jiddiy zararli ta'sir ko'rsataolmadi. U o'ziga ozuqa va 
olov topishga uringan neolit davridan boshlab tabiatni o'zgartira boshladi va uning 
biosferaga ta'siri ham aynan shu davrdan boshlandi. To'g'ri, bu davrda inson 
tabiatga nisbiy ravishda ta'sir ko'rsatayotgan edi. U yoqqan olov atrofga tarqalib, 
yaqin o'rtadagi o't-o‗lanlarni nobud qilar, bu esa hayvonlaming to'yib oziqlanishga 
dastlabki to'siq edi. Bora-bora odarnzot hayvonlarni quvib, haydab, o'idirib, tabiat 
yoki tashqi muhitning o'zgarishiga ham ta'sir ko'rsatishga kirishdi.
O'sha davrlarda aholoi soni juda kam, maydoni esa juda keng bo'lgan 
sayyoramizda, hamma istaganicha hayot kechirgan, tabiatni buzgan, kuydirgan 
odamlar bundan o'ta mag'rurlanib yashagan (Oramizda hozir ham qancha tirik 
organizmni yo'q qilganidan fahrlanib yuradiganlar ko‗p).
Tsivilizatsiya natijasida yo'q qilingan tabiiy boyliklarimiz tovonini 
to'laydigan davr keldi. Tabiat boyliklardan to'xtovsiz foydalangani va ular uzluksiz 
sarflangani uchun biosferaning ayrim joylarida tabiiy tenglik yo'qolgan. Uni qayta 
tiklash imkoni bormi? Balki bugun sayyoramiz biosferasiga keltirgan ziyonlarimiz
uchun tovon to'layotgandirmiz (tabiiy ofatlarni eslang). Tabiiy zahiralarni tiklash 
yo'lidagi urinishlarimizdan biron foyda bormi? Insoniyatning kelib chiqishi aslida 
bir xil. Turli irqlar rivojlanish tarixida juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldilar. 
Ular tabiiy noqulay omillar ta'sirida turar joylarini o'zgartirganlar va natijada tur- 
mush tarzi mutloq o'zgarib ke'tgan. Ammo qaysi muhitda yashashmasin, ularning 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin