Toshkent 2020 yil


Global miqiyosda olib qaraganda, shahar aholisining o‗rtacha umr



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Global miqiyosda olib qaraganda, shahar aholisining o‗rtacha umr 
kechirishi qishloq aholisiga ko‗ra etti yilga qisqaligi fikrimizni isbotidir. 
Buning sabablarini quyidagilarda ko‗rishimiz mumkin:
-so‗ngi yillarda butun dunyoda termodinamik jarayonlar sezilarli darajada 
yuqorilashgan. Bu ayniqsa megapolislarda hamda sanoat shaharlarida transport 
vositalarini kun sayin ko‗payib borayotgani yaqqol seziladi. Avtomobillarda 
yoqiladigan neft yoqilg‘isining yillik miqdori dunyo bo‗yicha 2 mlrd.tonnaga 
teng bo‗lib, ichki yonuv dvigatellarining foydali ish koeffitsienti o‗rtacha 23% ni 
tashkil qiladi, qolgan 77% i atrof-muhitni ―isitishga‖ sarflanadi; 
-shaharlarda transport vositalarining ko‗payishi ta‘sirida, atrof-muhitga 
tashlanayotgan zararli va zaharli gazlar miqdor jihatidan ko‗payib bormoqda. 
Agar har bir avtomobil yiliga o‗rtacha 10 kg rezina changi ajratishini hosobga 
oladigan bo‗lsak, shaharlarda 
bu miqdor 1,5 barobarga 
ortiq, 
chunki 
shahar 
sharoitida 
tez-tez 
to‗xtab-
yurish, tezlikni o‗zgartirib 
turish natijasida shinalar va 
tormoz 
kolodkalarining 
eyilishi ko‗p kuzatiladi; 
-avtomobillarni 
o‗zboshimchalik 
bilan 
yuvishdan, shahar tuprog‘iga 
va ochiq suv havzalariga neft mahsulotlari, qurum va shu kabi iflosliklar tushadi, 
yozning jazirama kunlarida benzinning bug‘lanishidan havoga toksik gazlar 
ko‗tariladi; 
-shovqin insonning psixofiziologik holatini yomonlashtiradi, uning asab tizimiga 
salbiiy ta‘sir ko‗rsatib, ish qobiliyatini susaytiradi; 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
109 
-aholining shaharlarda ko‗payib borishi maishiy chiqindilarning sifat va 
miqdor jihatidan haddan ziyod ko‗payishiga va aholi salomatligiga jiddiy sabab 
bo‗lmoqda. 
27
 
 
Ekologik omil tirik organizmlarga to‗g‘ridan to‗g‘ri ta‘sir etuvchi muhitning 
ayrim bir tarkibiy qismidir. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki 
birgalikda ta‘sir etishi mumkin. Ular ekologik, fiziologik, genetik va hokazo 
omillar tarzida ta‘sir etadi. Umuman olganda omillarni tasniflashda ularning xilma-
xil ta‘sir ko‗rsatishi emas, balki ularni kelib chiqish manbaiga qarab ajratiladi. 
Chunki shunday omillar ham mavjudki (masalan, tarixiy omillar), tirik 
organizmlarga to‗g‘ridan-to‗g‘ri ta‘sir etmaydi. Masalan, ma‘lum joyning dengiz 
sathidan absolyut balandligi, tog‘liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv 
havzasining chuqurligi tirik organizmlarga to‗g‘ridan-to‗g‘ri ta‘sir etmay, boshqa 
omillar (harorat, bosim, namlik)ning ta‘sir etish xususiyatlarini o‗zgartirib 
yuborishi mumkin.
Muhit 
tarkibida 
faollik 
ko‗rsatuvchi omillar ham bo‗ladi. 
Ta‘sir 
etuvchi 
omillar 
tirik 
organizmlar hayotiga kuchli ta‘sir 
etib, 
ularning 
hatto 
irsiy 
xususiyatlarini 
o‗zgartirib 
yuborishi 
mumkin. 
Masalan, 
nurlanish ta‘sirida (mutagen omil) 
tirik 
organizmlar 
boshqa 
bir 
holatga o‗tib ketishi mumkin. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin