Toshkent 2020 yil


Tashkillashtirilgan tashlamalarga



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Tashkillashtirilgan tashlamalarga
korxonalarning statsionar o‗rnatilgan 
mo‗rilaridan, 
ventilyatsiya 
qurilmalaridan, 
neft 
mahsulotlarini 
saqlash 
rezervuarlarining nafas olish klapanlaridan va shu kabi manbalardan chiqqan
gazlar kiradi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
179 
Tashkillashtirilmagan tashlamalarga
esa – texnologik rejimlarni izdan 
chiqishi, avariya, quvurlardagi germetizatsiyani buzilishi, suyuq moddalarni 
to‗kilishi va ularni bug‘lanishi natijasida hosil bo‗luvchi chiqindi gazlar kiradi.
Atmosferaga 
tashlanuvchi 
chiqindi 
gazlarning 
tashlanishini 
oldini 
olish uchun texnologiyalar mukamallashtiriladi, qurilma germetizatsiyasi 
yaxshilanadi, tozalash inshooti quriladi, chiqindilarning tashlanishi ustidan qat‘iy 
nazorat o‗rnatiladi.
IX.2. 
Atmosfera 
havosini 
zararli 
gazlardan 
tozalash 
usullari. 
Atmosferaga 
tashlanuvchi 
chiqindi 
gazlardan 
tozalashda: 
Adsorbsiya; 
 absorbsiya; xemosorbsiya; katalitik va termik 
usullardan keng foydalaniladi.
 
 
Atmosfera havosini Adsorbtsiya 
 
usulida tozalash

Sorbtsiya – bu atrof-
muhitdan kerakli moddalarni qattiq jism yoki suyuqlik yordamida shimib olish 
jarayonidir.

Agar havo yoki gazni qattiq jism o‗ziga yutib olsa, unda bu 
jarayonni adsorbtsiya deyiladi.
Demak,o‗ziga yutib oluvchi moddalarni 
adsorbentlar deyiladi. Adsorbentlar sifatida faollashtirilgan ko‗mirlar (masalan, gaz 
tozalash moslamalar (Protivogazlarda ishlatiladigan ko‗mirlar), silikagellar, 
sintetik seolitlar, Polimer plyonkalari va tolalari hamda boshqa moddalar 
ishlatiladi. 
Sanoatda adsorbtsiya usuli gazlarni turli zaharli moddalardan tozalash uchun 
qo‗llaniladi. Adsorbtsiya usuli yordamida changli havo aralashmalaridan havoni 
tozalab olish mumkin. Bundan tashqari, adsorbtsiya usuli yordamida ba‘zi bir 
qimmatbaho moddalarni ushlab qolib, boshqa qolgan moddalarni texnologik 
jarayonga qaytarish mumkin.
Adsorbentlar kerakli moddani yutib olish qobiliyati bilan, ya‘ni adsorbtsiya
kattaligi bilan ifodalanadi. Adsorbtsiya kattaligi esa, g/100g bilan ifodalanadi. 
Buning ma‘nosi shundan iboratki, u 100 g. adsorbent necha gramm gaz yoki 
suyuqlikni o‗ziga yutib olganini ko‗rsatadi. Adsorbtsiya kattaligining qiymati 
qancha katta bo‗lsa, demak adsorbent siftida qo‗llanilgan modda shuncha yaxshi 
adsorbent hisoblanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, adsorbentning kimyoviy tarkibiga, 
xossalariga va zaharli modda (ya‘ni, adsorbat)ning xossalariga bog‘liq bo‗ladi. 
Bundan tashqari, Adsorbatsiya kattaligi tashqi omillarga, ya‘ni tozalanayotgan 
havo yoki gaz tarkibidagi zaharli moddaning bug‘ bosimiga va haroratiga bog‘liq 
bo‗ladi.
41
41
В. А. Зайцев. 
Промьшленная экология. 
Москва 2002 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
180 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin