Toshkent 2020 yil


 Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi ... orqali amalga oshiriladi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

11. Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi ... orqali amalga oshiriladi. 
A) zararli moddalarni zararsizlantirish jarayonida ularni yondirish; 
B) zararli, yomon va yoqimsiz hidli moddalarni zararsizlantirish jarayonida ularni 
yondirish;
C) zararli, yomon moddalarni zararsizlantirish jarayonida ularni yondirish; 
D) Termik usulda chiqindi gazlarni zararsizlantirib bo‗lmaydi. 
12. Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi zararli, yomon va yoqimsiz hidli 
moddalarni zararsizlantirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
A) maxsus pechlarda va fakel gorelkalarida; B) maxsus pechlarda; 
C) maxsus fakel gorelkalarida; D) pechlarda va kimyoviy yo‗l bilan. 
13. Og‘irlik kuchi ta‘sirida changli havoni chang zarrachalaridan tozalash 
uchun davriy yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi qanday 
nomlanadi? 
A) Chang cho‗ktirish kamerasi deb ataladi; B) Gravitatsiya deb ataladi; 
C) Markazdan qochirma kuch deb ataladi; D) Akustika deb ataladi.
 
Tayanch so‗z va iboralar:
Adsorbtsiya usuli, absorbtsiya usuli, Xemosorbtsiya, katalitik va termik 
usullar,
 
Desorbtsiya
usuli, Gravitatsiya, markazdan qochma, akustik va elektr 
maydonlari.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
189 
X Bob. Atmosfera havosini zararli changlardan tozalash usullari.
X.1. Chang va uning turlari. 
Avvalgi bo‗limlarda aytib o‗tilgandek,
 
Atmosfera havosi gazlar va uchuvchan organik birikmalarning bug'laridan 
tashqari, suyuq va qattiq aerozollar misolidagi muallaq moddalar bilan ham 
ifloslanadi. Muallaq zarrachalarning kelib chiqishi tabiiy va sun'iy (sanoat) bo'lishi 
mumkin, ular shuningdek, atmosferada yuz beradigan kimyoviy reaksiyalar 
oqibatida ham paydo bo'ladi. Ma‘lumki, ishlab chiqarish korxonalarida 
materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish va quritish jarayonida zarrachalarining 
o‗lchami 3-7 mkm. atrofida bo‗lgan changlar paydo bo‗ladi. Yoqilg‘ilarni yoqish 
paytida tutunlar, bug‘larni kondensatsiyalanishida esa, tumanlar paydo bo‗ladi. 
Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o‗lchami 0,3-5,0 
mkm atrofida bo‗lishi mumkin. 
Chang va tutun havodagi zararli qo'shimchalar sifatida, atmosfera 
muhitining tozaligini saqlash uchun kurashning birinchi darajadagi muhim 
obyektiga aylangan, chunki ularning atmosfera havosida uchrashi sezilarli 
noqulayliklarni keltirib chiqaradi, ularning o'zi esa ko‗p xollarda, inson faoliyati 
mahsulidir. Atmosferani ifloslashda tabiiy yo'l bilan kelib chiqqan changlar, 
masalan, yerdan ko'tariladigan chang yoki vulqon changi ancha kam o'rin tutadi. 
Yirik dispersh chang yoki undan ham qattiq mayda dispersh chang 
fraksiyalarining zaharli ta'siri buyumlar va yuzalarning (kiyimlar, ko‗rpa-to‗shak, 
binolar va inshootlar, turar joy) ifloslanishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, 
bunday chang ko'zga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Foydali va manzarali o'simliklarga 
zarar keltiradi, ularning tovar qiymatini pasaytiradi. Termodiffuziya ta'sirida 
yuzaga yanada mayda changlar ham o'tiradi. 
Demak, changning zararligini aniqlashda unda muayyan moddalarning 
mavjudligi bilan belgilanadigan ta'sir hisobga olinishi kerak. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin