Toshkent 2020 yil


DEEni o‗tkazishda xo‗jalik faoliyati loyihasining va boshqa hujjatning



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

DEEni o‗tkazishda xo‗jalik faoliyati loyihasining va boshqa hujjatning 
buyurtmachisi va ularni ishlab chiquvchilari quyidagilarni ta‘minlashi shart: 
1. Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarning to‗liq komplektini. 
2. DEE ni o‗tkazish uchun belgilangan tartibga haq to‗lashni. 
3. Ekspertiza o‗tkazilayotgan organ talabiga binoan, ekspert komissiyasi 
(guruhi) ning ishlashi uchun zaruriy qo‗shimcha axborot berishni ta‘minlashi shart. 
Ekspert komissiyasi (guruhi) 2 masalaga javob beradi: 
1. Ekspertizaga berilgan hujjatlarni o‗z vaqtida va sifatli ko‗rib chiqish, 
yakuniy xulosani tayyorlash, xulosa va takliflarning asosligiga javob beradi. 
2. Ekologik ekspertizani o‗tkazish me‘yorlari va qoidalariga rioya qilinishiga 
mas‘ul hisoblanadi. 
DEE ni o‗tkazuvchi ekspert organ quyidagilar uchun javob beradi. 
1. Ekspert komissiyasi (guruhi)ni tuzish, ekspert-mutaxassislarni tanlash, 
ularning mehnatini to‗g‘ri tashkil etish. 
2. Ko‗rib chiqilayotgan xo‗jalik faoliyati loyihasi amalga oshirilishi 
mo‗ljallanayotgan hududning atrof-muhiti holati to‗g‘risidagi ma‘lumotlar bilan 
ekspertlarni ta‘minlash. 
3. Ekspertiza o‗tkazishning oshkoraligini ta‘minlash, ko‗rilayotgan xo‗jalik 
faoliyati loyihasini ekspertlar tomonidan ob‘ektiv ravishda baholash uchun etarli 
shart-sharoitlar yaratish. 
4. DEEni o‗tkazishda me‘yorlar va qoidalarga to‗la rioya qilishni ta‘minlash. 
5. Ekspertlar mehnatiga o‗z vaqtida haq to‗lash. 
Ekspert komissiyasi (guruhi) – bu konkret xo‗jalik faoliyatini DEE o‗tkazish 
uchun vaqtincha tuzilgan mutaxassislar jamoasidir (shtatsiz ekspertlar). 
O‗zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi tizimidati 
ekspert bo‗limi zimmasiga DEE o‗tkazish vazifasi yuklangan. Bu bo‗lim ekspert 
guruhini tuzadi, uning ishini tashkil qiladi va shtatsiz ekspertlarning mehnatiga haq 
to‗laydi. 
Ekspert guruhlarning soni va shaxsiy tarkibi DEE ga taqdim etilgan 
hujjatlarning xususiyati va murakkabligi bilan aniqlanadi. 
Ekspert komissiyasi (guruhi) ni tuzishda va uning ish faoliyatini tashkil 
qilishda quyidagilarga ahamiyat beriladi: 
1. Ekspert komissiyasining malaka saviyasiga. 
2. DEE ning yuqori saviyada sifatli o‗tkazishga. 
3. Ekspert bahosiga va ekspert komissiyasi (guruhi) xulosalarining sifatiga. 
4. DEE ni o‗tkazish va uning natijalarining oshkoraligiga. Ekspert 
komissiyasi (guruhi)ning tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo‗ladi. Uning ishiga 
respublika 
ilmiy-tekshirish 
institutlardan, 
vazirliklardan, 
muassasa 
va 
tashkilotlardan, tarmoq ilmiy-tekshirish va loyihalash institutlaridan olimlar, 
mutaxassislar, iqtisodchi va huquqshunoslar va muhandis-texnologlar jalb qilinishi 
mumkin. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
284 
Ekspert komissiyasi (guruhi)ning shaxsiy tarkibi Bosh Davlat Ekspertiza 
boshlig‘i yoki uning o‗rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin