Toshkent 2020 yil


Aziz talaba! Zardushtiylik zamoni va undan keying o‗tgan davr ichida



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Aziz talaba! Zardushtiylik zamoni va undan keying o‗tgan davr ichida 
halqimiz ruhiyati va tasavvuridagi o‗xshash jihatlar, haqiqatda tarix 

xalq
xotirasi ekanligidan darak beradi. Uni o‗rganishimiz va asrab-
avaylamog‘imiz zarur! 
O‗zingizga ma‘lumki, aholi turar joylarida, ayniqsa
 
shahar sharoitida ko‗cha 
va maydonlarni toza holatda tutish muhim tadbirlar qatoriga kiradi. Ma‘lumki, yoz 
faslida, kuzda ko‗chalarda juda ko‗p miqdorda axlatlar yig‘ilib qoladi. Masalan, 
1000 m
2
maydonda bir yilda 15 m
3
axlat yig‘iladi, bularning tarkibiy qismi asosan 
qum, tuproq, qog‘ozlar, xazonlar, tamaki mahsulotlari qoldiqlari, shisha buyumlar, 
bolalar tagliklari, baklashka va boshqalar. 
Shuning uchun ham ko‗cha va maydonlar har kuni tozalanishi kerak, aks 
holda shahar ko‗rki buziladi, odamlar sog‘lig‘iga, ularning kayfiyatiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi, pashsha va kemiruvchilarni, hasharotlarni ko‗payishiga sharoit 
tug‘iladi. Yoz faslida ko‗cha va maydonlarni sug‘orish, suv sepish, qishda qorni 
kurash, yer yuzasi muzlasa, muzlarni ko‗chirish va muz ustiga qum, tuz sepish 
zarur. Xazonlarni yoki axlatlarni ko‗cha maydonlarda yoqish mutlaqo ma‘n etiladi. 
Ko‗cha va maydonlarni suv sepilgandan so‗ng supurilishi kerak. Ko‗cha va 
maydonlarni tozalashni bolalar maktabga, kattalar esa ishga ketganlaridan so‗ng 
amalga oshirish zarur. Supurindilar axlat yig‘ish uchun mo‗ljallangan idishlarga 
solinadi. Katta ko‗chalarda 50 litr hajmga ega bo‗lgan temir yashiklar 
joylashtiriladi. Tamaki mahsulotlari qoldiqlari, qog‘ozlar uchun ko‗chalarda 
o‗rnatilgan axlatdon (urna)lar qo‗yiladi. 
Iloji boricha ko‗cha va maydonlarni supurishni mexanizatsiyalash katta 
ahamiyatga ega. Hozirda ko‗cha supuradigan avtomobillar mavjuddir. Ko‗cha va 
37
Solijon Hasanov. ―Avesto‖ –huquq manbai. ―Muloqot‖, 1999. 1-son, 50-bet. 
38
AVESTO. Tahixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. –‖Sharq‖, 2001. – T.: 384 b 
+16 b.zarv. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
161 
maydonlarni supurish uchuv mo‗ljallangan avtomobillar bir yo‗la supuriladigan 
joylarni namlab, keyin supurindilarni supurib, o‗zining kamerasiga tortadi. 
Odamlar yurish uchun mo‗ljallangan yo‗lkalarni maxsus yo‗lka supurgich 
avtomobillarda supuriladi. 
Ilm, fan-texnika taraqqiyoti davrida ko‗cha va maydonlar tozaligini
ta‘minlash zarur. Ammo kommunal xo‗jalik xodimlari ayblari bilan ko‗pchilik 
shahar va qishloq hududlarida ko‗cha va maydonlarini toza tutish talab darajasida 
emas. Bu sohada sanitariya nazorati yaxshi o‗rnatilmagan. 
1960-70 yillarda Respublikada sanitariya militsiya guruhlari tuzilgan edi. Ular 
juda ko‗ngildagidek yaxshi ishlarni boshlagan edilar. Jumladan, ko‗cha va 
maydonlarni, turar joylarda yig‘ilgan chiqindi–axlatlarni o‗z vaqtida olib chiqib 
ketishi, axlatlarni suvga tashlamaslikni va jamoat joylarida chiqindilar yig‘ilib 
qolmasligini ta‘minlar edilar.
Hozirgi kunda aholi turar joylar, ko‗cha va hiyobonlarni toza tutish masalasi 
siyosat darajasiga ko‗tarilib, ko‗cha va maydonlarda, ayniqsa shaharning ichki 
qismida tog‘-tog‘ bo‗lib yotgan axlatlar 6-10 kunlab olinmay qolib ketadigan 
nohush manzaralar bartaraf etilmoqda. Bu esa atmosfera havosini chang va 
mikroorganizmlar bilan ifloslantirishga, suv havzalarini chiqindilar bilan 
zararlanishiga olib kelishi oldini olinmoqda ya‘ni, sanitariya nazoratini yanada 
kuchaytirilayotganligidan darak beradi. Ko‗chalar namligini uzoq saqlash 
maqsadida ba‘zi bir shaharlarda 1 m
2
maydoiga 1 litr kaltsiy xlorid sepiladi, 
bunday eritma namlikin yaxshi saqlaydi. Qishloqda joylashgan uy-joylarni katta 
yer maydonlariga yaqin bo‗lishi, turar joylarning sanitariya holatini yuqori 
darajada saqlashga imkon beradi.
Qishloq uy-joylarni loyihalashda, qurishda ularning sanitariya holatini 
hisobga olish kerak, bunda qishloq joylarining o‗ziga xos sharoitlarini e‘tiborga 
olinishi zarur. 
Qishloq markazlarida ikki-uch qavatli turar joylar, ma‘muriy idoralar qurilishi 
mumkin, bularda kanalizatsiya shoxobchalari o‗rnatilishi mumkin, ayniqsa ko‗p 
xonali binolarda buning zaruriyati tug‘ilib qoladi. Bunday holatlarda hamma 
binolarning kanalizatsiya shoxobchalari birlashtiriladi, ulardan hosil bo‗lgan 
chiqindi suvlar ma‘lum tozalanish bosqichidan o‗tgach, so‗ng sug‘orish 
maydonlariga oqizilishi mumkin. 
Aholi uchun uy-joylar qurilganda hojatxona yer uchastkasining bir chetida, 
ya‘ni xonadonlardan 10-15 metr nariroqda quriladi va qorong‘i holatda ushlaniladi. 
O‗zingizga ma‘lum-ki, hojatxonani qorong‘i holatda ushlash pashshalarni kirishiga 
va ko‗payishiga imkon bermaydi. 
Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni ko‗rsatdiki, qishloq punktlarida,
aholi xonadonlari va ishlab chiqarish korhonalarining yer maydonlari (tuprog‘i ) 
mikroorganizmlar, xar-xil hashorat tuxumlari, kimyoviy moddalar bilan ko‗proq 
ifloslangan. Sababi har qanday chiqindi axlatlar zararsizlantirilmay yer 
maydonlariga tashlanaveradi. Vaholanki, xavfli chiqindilarni oddiy sharoitida 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
162 
kichik o‗ralarda kompost qilib zararsizlantirilgandan keyin uni tomorqaga solib 
o‗g‘it sifatida foydalanish mumkin. 
Kanalizatsiya bo‗lmagan jamoa muassasalarida hojatxonalar havo bilan 
shamollaydigan hojatxona lyuftklozet tipida qurilishi kerak, yoki shunday 
hojatxona qurish kerakki, o‗z vaqtida unga tuproq sepib kompostga aylantirib, u 
zararsiz holatga kelgach, tomorqada o‗g‘it sifatida ishlatish mumkin. Bunda eski 
hojatxona o‗rniga boshqa yangisini kovlab, yaxshilab jihozlab so‗ng undan 
foydalanish mumkin. Honadonlardagi ovqat chiqindilarini mollarga berish, 
supurnidilarni esa kompostlash yo‗li bilan zararsizlantirish mumkin.
Qishloq sharoitida hayvon axlatlarini yig‘ishni, asrashni to‗g‘ri uyushtirish 
turli gijja, tuxumlar rivojlanishini qolaversa, trixinielloz, exinokok, tenioz va 
boshqa kasalliklar tarqalishining oldini oladi. Tomorqalarda turli hayvonlarning 
go‗ng-axlatlari go‗ng uchun ajratilgan maydonga yig‘iladi, uning atrofi sim to‗r 
yoki taxta bilan ajratilgan bo‗ladi. Katta molxonalarda maxsus go‗ng saqlaydigan 
joylar ajratiladi. Go‗nglarni kompostlash, gigienik jihatdan juda ahamiyatlidir. 
Kompostlangan go‗ng tarkibida gijja tuxumlari, patogen mikroblar bo‗lmaydi. Aks 
holda go‗ng yig‘ilib qolgan joylarda atmosfera 
havosiga, tuproqning sanitariya holatiga, suv 
havzalariga ancha putur yetkaziladi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin