Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
216
8)
Turli birikmalarni rekuperatsiya qilish imkoni borligi.
Tozalashning u yoki bu usulini tanlash, tozalanishi kerak bo‗lgan oqova
suvning sanitar va texnologik talablari, chiqindi moddalar kontsentratsiyasi, oqova
suv miqdori, kerakli material va energetik resurslarning bor yoki yo‗qligi
va shu
kabilar asosida kelib chiqadi.
kimyoviy usullar.
Bu usullarga:
neytrallash, oksidlash va qaytarish
usullari
kiradi. Ushbu usuliar turli reagentlaming sarfi bilan bog‘liq bo‗lgani uchun
qimmat usullar qatoriga kiradi. Shuning uchun bu usullar
yopiq suv tizimlarida
lozim bo‗lganda erigan moddalarni ajratishda qo‗llaniladi. Kimyoviy usul ba‘zan
biologik tozalash jarayonidan oldin ishlatiladi.
Neytrallash.
Bu usul aralashtirish, reagentlami qo‗shish, neytral materialdan
o‗tkazish, kislotali gaz bilan neytrallash jarayonlari asosida olib boriladi. Agar
korxonada yoki 2 ta qo‗shni korxonada kislotali va
ishqoriy oqova suvlar ajralsa,
ular o‗zaro (X.9.1-rasm) aralashtirib, bir-birini neytrallaydi. Neytrallash uchun
reagentlar
sifatida NaOH, KON, Na, CO
3
, NH
4
OH, CaCO
3
, MgCO
3
, tsement
birikmalari ishlatiladi. Eng arzon reagent ohakli suv hisoblanadi(Ca(OH)
2
-5-
10%li). Ba‘zan korxonalarning qattiq chiqindilari ham ishlatilishi mumkin
(masalan, kuyindi shlaklar). Reagentlar oqova
suvdagi kislotaning tarkibi,
kontsentratsiyasiga qarab tanlanadi. Shunda neytrallash jarayonida cho‗kma hosil
bo‗lish-bo‗lmasligi hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: