11
Fibrinoid o‘zgarishlar
(qaytmas fibrinoid nekroz rivojlanadi); (1,5-2 oy davom
etadi).
Proliferativ bosqich
(granulematoz bosqichi) – tomirlar atrofida, miokardda,
endokardda gistiositlar, limfoid, plazmatik va semiz hujayralar to‘planadi va Ashoff
– Talalaev granulemalari hosil bo‘ladi (1,5-2 oy davom etadi).
YUqoridagi jarayonlarning oqibati - kardioskleroz. Mikrosirkulyator
tizim
tomirlaridagi nospesifik lekin RI patogenezi va
morfogenezida muhim rol
o‘ynaydigan o‘zgarishlar barcha a’zo va to‘qimalarda kuzatiladi.
Seroz qavatlar doimo, ayniqsa O‘RI yuqori faolligida jarayonga qo‘shiladi va
yallig‘lanishning seroz, seroz-fibroz ko‘rinishini keltirib chiqaradi. Bo‘g‘imlar
12
to‘qimalarida biriktiruvchi to‘qima dezorganizatsiyasi, ekssudativ yallig‘lanish,
vaskulit kuzatiladi. Bo‘g‘imlar revmatik zararlanishi o‘ziga xos xususiyati –
jarayonning nafaqat mukoid bo‘kish, balki fibrinoid o‘zgarishlarning
dastlabki
bosqichlarida qaytarish mumkinligidir. Asab sistemasi
zararlanishi asosini bosh
miya tomirlaridagi revmatik jarayon tashkil etadi. Kichik xoreyaning substrati –
yo‘l-yo‘l tanacha,
subtalamik yadrolar, bosh miya po‘stloq
qavati va miyacha
hujayralaridagi o‘zgarlardir. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi zararlanishi vaskulit,
endotelioz va o‘choqli yallig‘lanish infiltratsiyasi bilan namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: