int baho; baho = 4; switch (baho) { case 5: cout << "A'lo"; break; case 4: cout << "Yahshi"; break; case 3: cout << "Qoniqarli"; break; case 2: case 1: cout << "A'lo"; break; default: cout << "Baho hato kiritildi!"; break; } switch ga kirgan o'zgaruvchi (yuqorigi misolda baho) har bir case etiketlarining qiymatlari bilan solishtirilib chiqiladi. Solishtirish yuqoridan pastga bajariladi. Shartdagi qiymat etiketdagi qiymat bilan teng bo'lib chiqqanda ushbu case ga tegishli ifoda yoki ifodalar bloki bajariladi. So'ng break (buzmoq, tugatmoq) sakrash buyrug'i bilan switch ning tanasidan chiqiladi. Agar break qo'yilmasa, keyingi etiketlar qiymatlari bilan
solishtirish bajarilmasdan ularga tegishli ifodalar ijro ko'raveradi. Bu albatta biz istamaydigan narsa. default etiketi majburiy emas. Lekin shart chegaradan tashqarida bo'lgan qiymatda ega bo'lgan hollarni diagnostika qilish
uchun kerak bo'ladi.
case va etiket orasida bo'sh joy qoldirish shartdir. Chunki, masalan, case 4: ni case4: deb yozish oddiy etiketni vujudga keltiradi, bunda sharti test qilinayotgan ifoda 4 bilan solishtirilmay o'tiladi.
while TAKRORLASH STRUKTURASI Takrorlash strukturasi bir ifoda yoki blokni ma'lum bir shart to'g'ri (true) bo'lishi davomida qaytarish imkonini beradi. Qaytarilayatgan ifoda shartga ta'sir ko'rsati-shishi kerak. Ma'lum bir vaqt o'tkandan keyin shart false ga o'zgartilishi kerak. Bo'lmasam while (davomida) tugatilmaydi. while faqat o'zidan keyin kelgan ifodaga ta'sir qiladi. Agar biz bir guruh amallarni qaytarmoqchi bo'lsak, ushbu blokni {} qavslar ichiga olishimiz kerak. Shart takrorlanuvchi blokning boshida tekshirilgani sababli, agar shart noto'g'ri bo'lib chiqsa, blokni hech ijro ko'rmasligi ham mumkin.
10 ning faktorialini hisoblovchi dastur blokini keltiraylik.
int factorial = 1;
int son = 1;
while (son < 11) {
factorial = factorial * son;
son = son + 1;
}
Bu yerda javobimiz factorial o'zgaruvchimizda saqlanmoqda. son o'zgaruvchimiz har takrorlanishda birga orttirilmoqda. son 11 ga yetganida while dagi shart
false bo'ladi va takrorlanish tugatiladi. Yani son ning 11 qiymati javobga ta'sir ko'rsatmaydi. Biz qo'llagan son o'zgaruvchimiz sanovchi (counter)vazifasini bajaradi. Bu kabi o'zgaruvchilar vazifasiga ko'ra 1 yoki 0 ga
tenglashtiriladi. Buni biz initsializatsiya deymiz. Initsializatsiya qilinmagan o'zgaruvchilar qiymatlari hotiradagi oldinroq ishlagan programmalar qoldiqlariga teng bo'ladi. Bu esa hatoga olib keladi. Shu sababli
sanovchilarga boshlangish qiymat berib o'tilishi kerak.
do/while TAKRORLASH STRUKTURASI do/while ifodasi while strukturasiga o'hshashdir. Bitta farqi shundaki while da shart boshiga tekshiriladi. do/while da esa takrorlanish tanasi eng kamida bir marta ijro ko'radi va shart strukturaning so'ngida test qilinadi. Shart true bo'lsa blok yana takrorlanadi. Shart false bo'lsa do/while ifodasidan chiqiladi. Agar do/while ichida qaytarilishi kerak bo'lgan ifoda bir dona bo'lsa {} qavslarning keragi yo'qdir. Quyidagicha bo'ladi:
do
ifoda;
while (shart);
Lekin {} qavslarning yo'qligi dasturchini adashtirishi mumkin. Chunki qavssiz do/while oddiy while ning boshlanishiga o'hshaydi. Buni oldini olish uchun {}
qavslarni har doim qo'yishni tavsiya etamiz.
int k = 1;
do {
k = k * 5;
} while ( !(k>1000) );
Bu blokda 1000 dan kichik yoki teng bo'lgan eng katta 5 ga karrali son topilmoqda. while shartini ozroq o'zgarti-rib berdik, ! (not - inkor) operatorining ishlashini misolda ko'rsatish uchun. Agar oddiy qilib yozadigan
bo'lsak, while shartining ko'rinishi bunday bo'lardi: while (k<=1000); Cheksiz takrorlanishni oldini olish uchun shart ifodasining ko'rinishiga katta e'tibor berish kerak. Bir nuqtaga kelib shart true dan false qiymatiga o'tishi shart.
QIYMAT BERISH OPERATORLARI Bu qismda keyingi bo'limlarda kerak bo'ladigan tushuncha-larni berib o'tamiz.C++ da hisoblashni va undan keyin javobni o'zgaruvchiga beruvchi bir necha operator mavjuddir. Misol uchun:
k = k * 4; ni
k *= 4;
deb yozsak bo'aladi.
Bunda *= operatorining chap argumenti o'ng argumentga qo'shiladi va javob chap argumentda saqlanadi. Biz har bir operatorni ushbu qisqartirilgan ko'rinishda
yoza olamiz (+=, -=, /=, *= %=). Ikkala qism birga yoziladi. Qisqartirilgan operatorlar tezroq yoziladi, tezroq kompilyatsiya qilinadi va ba'zi bir hollarda tezroq ishlaydigan mashina kodi tuziladi.
1 ga OSHIRISH VA KAMAYTIRISH OPERATORLARI (INCREMENT and DECREMENT) C++ da bir argument oluvchi inkrenet (++) va dekrement (--) operatorlari mavjuddir. Bular ikki ko'rinishda ishlatilinadi, biri o'zgaruvchidan oldin
(++f - preinkrement, --d - predekrement), boshqasi o'zgaruvchidan keyin (s++ - postinkrement, s-- - postdekrement) ishlatilgan holi. Bularning bir-biridan farqini aytin o'taylik. Postinkrementda o'zgaruvchining qiymati ushbu o'zgaruvchi qatnashgan ifodada shlatilinadi va undan keyin qiymati birga oshiriladi. Preinkrementda esa o'zgaruvchining qiymati birga oshiriladi, va bu yangi qiymat ifodada qo'llaniladi. Predekrement va postdekrement ham aynan shunday ishlaydi lekin qiymat birga kamaytiriladi. Bu operatorlar faqatgina o'zgaruvchining qiymatini birga oshirish/kamaytirish uchun ham ishlatilinishi mumkin, yani boshqa ifoda ichida qo'llanilmasdan. Bu holda pre
va post formalarining farqi yo'q.
Masalan:
++r;
r++;
Yuqoridagilarning funksional jihattan hech qanday farqi yo'q, chunki bu ikki operator faqat r ning qiymatini oshirish uchun qo'llanilmoqda. Bu operatorlarni oddiy holda yozsak:
r = r + 1;
d = d - 1;
Lekin bizning inkrement/dekrement operatorlarimiz oddiygina qilib o'zgaruvchiga bir qo'shish/ayirishdan ko'ra tezroq ishlaydi. Yuqoridagi operatorlarni qo'llagan holda bir dastur yozaylik.
//Postinkremet, preinkrement va qisqartirilgan teglashtirish operatrlari