# include # include const int massiv = 8; // massiv kattaligi uchun konstanta int k[massiv]; char c[massiv] = {5,7,8,9,3,44,-33,0}; // massiv initsalizatsiya ro'yhati int main() { for (int i = 0; i < massiv; i++) { k[i] = i + 1; // dastur ichida inisalizatsiya } for (int j = 0; j < massiv; j++) { cout << k[j]<< setw(4)<< c[j]<< endl; } return (0); } Ekranda: 1 5 2 7 3 8 4 9 5 3 6 44 7 -33 8 0 Yuqorida faylini dasturimizga kiritdik. Bu e'lon faylida standart kirish/chiqish oqimlari bilan ishlaydigan buyruqlar berilgan. Dasturimizda
qo'llanilgan setw() manipulyatori chiqish oqimiga berilayatgan ma'lumotlarning eng kichik kengligini belgilaydi, biz setw() parametrini 4 deb berdik, demak
c[] massivi elementlari 4 harf kenglikda ekranga bosiladilar. Agar kenglik kamlik qilsa, u kattalashtiriladi, agar bo'sh joy qolsa, elementlar chapga yondashilib yoziladi. Biz va manipulyatorlarni keyinroq to'la ko'rib chiqamiz.
Misolimizda massiv nomli konstantani qo'lladik. Uning yordamida massiv chegaralarini va for strukturasidagi chegaraviy qiymatlarni berdik. Bunday o'zgarmasni qo'llash dasturda hatoga yo'l qo'yishni kamaytiradi. Massiv chegarasi o'zgarganda, dasturning faqat bir joyiga o'zgarish kiritiladi.
Massiv hajmi e'lonida faqat const sifatli o'zgaruvchilar qo'llanilishi mumkin.
Massivlar bilan ishlaganda eng ko'p yo'l qoyiladigan hato bu massivga 0 dan kichkina va (n-1) dan (n: massivdagi elementlar soni) katta indeks bilan murojaat qilishdir. Bunday hato dastur mantig'i hatosiga olib keladi.
Kompilyator bu turdagi hatolarni tekshirmaydi. Keyinroq o'zimiza yozgan massiv klaslarida ushbu hatoni tekshiriladigan qilishimiz mumkin.
10 ta sonning tushish ehtimilini ko'rsaturvchi dastur yozaylik.
// Ehtimollar va massivlar