3.
Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
A predmetli ko’rsatmalilik. bunga tabiy obektlar tevvarak atrofdagi predmet
va hodisalar kiradi. tabiatdan olingan narsalardan foydalaniladi. m: tabiatshunoslik,
botanika darslarida o’simliklar, zoologiyada hayvonlar, geografiya darslarida
minerallar ko’rsatiladi, ma’lum obektlarga sayohatlar uyushtiriladi.
B tasviriy ko’rsatmalilik. tasviriy ko’rsatmalilik simvollik, ko’rsatmalilik
bo’lib, rasm, jadval, maket,chertyot kabilar orqali amalga oshiriladi.
c) texnik ko’rsatmalilik. bunda ia’limning texnik vositalari – kinofilm,
diopazitiv,teleeshittirish, grammafon, magnitafon yozuvlari, radio eshittirish
kabilardan foydalaniladi.
D so’z ko’rsatmaliligi. Maktab amaliyotida yetakchi o’rin tutuvchi
ko’rsatmalilik o’z ko’rsatmaliligi bo’lib, u o’qituvchining jonli nutqidir. Bu nutq
o’quvchilar tushunchasiga kuchli ta’sir orqali ularda turli emosional kechinmalarni
vujudga keltiradi.
Ta’lim materialini mustahkam va chuqur o’zlashtirishning bir qancha muhim
faktorlari bor. O’quvchining ta’lim materialini o’zlashtirishini quyidagi shartlarga
asoslanadi:
6.
Diqqatlilik. O’quvchining bilim olish faoliyati diqqatsiz amalga
oshmaydi. Diqqat tufayligina o’quvchilar ta’lim materialini to’la anglab va
mustahkamlab, o’zlashtirib oladilar. Shuning uchun o’qituvchi xilma – xil usullar
yordamida o’quvchilarning ixtiyoriy diqqatini butun bir dars davomida darsda
bayon qilinishi zarur bo’lgan materialga jalb qilinishi shart.
|