28
mavjud emasligi kommunal xoʻjaligi tizimi korxonalarining
samarali faoliyat
koʻrsatishiga toʻsqinlik qilar edi;
1991 yilda aholidan 1 kv.m uy-joy fondidan foydalanganligi uchun
bеlgilangan toʻlov (kvartplata) haqiqiy xarajatning 4-5 %ni tashkil etar edi,
shuningdek 40% dan ortiq aholiga kommunal toʻlovlardan imtiyozlar joriy etilgan
edi. Bunday holat aholida boqimandalik kayfiyatini yanada kuchaytirar edi;
kommunal xoʻjaligi sohasi va xizmat koʻrsatuvchi
korxona va
tashkilotlarning
mahalliy
hokimiyat
(partiya
tashkilotlari)
tomonidan
boshqarilishi koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatiga aholining ta’sir koʻrsatishi uchun
imkon bermas edi.
Ushbu koʻrsatkichlarni inobatga olgan holda rеspublikamiz uy-joy
kommunal xoʻjaligi tizimida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va
islohotlarning asosiy mohiyatini quyidagilarga qaratish lozim edi:
fuqarolarda mulkka egalik hissini uygʻotish - davlat mulki boʻlgan uy-
joy fondini xususiylashtirish, mulkka egalik huquqini beruvchi qonuniy me’yoriy
hujjatlar paketini shakllantirish;
kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona
va tashkilotlarni davlat
tasarrufidan chiqarish, kommunal xoʻjaligi sohasida tabiiy monopoliyani tartibga
solish, xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasida sof raqobatni rivojlantirish, kommunal
xoʻjalik sohasini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan faoliyat koʻrsatishini
tugatish, sohaga ajratilayotgan dotatsiya miqdorini bosqichma bosqich kamaytirib
borish;
uy-joy xoʻjaligini
boshqarishni takomillashtirish, turarjoy binolarini
saqlash va ta’mirlashda uy-joy mulkdorlar faolligini oshirish, mulkdorlarning oʻz-
oʻzini boshqarish tamoyiliga asoslangan birlashma va shirkatlarini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: