Toshkent arxitektura qurilish instituti


Uy–joy qurilishi kombinati



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Uy–joy qurilishi kombinati
(UJQK) – qurilish tashkilotlari va sanoat 
miqyosidagi ishlab chiqarish korxonalarining alohida o‘ziga xos tashkiliy 
birlashgan shakli hisoblanadi. O‘zbekistonda bu turdagi zavodlar hozir mavjud 
emas, ammo xodisa sifatida ta’riflanishi shart. Uy-joy qurilishi kombinati 
funksiyalari tarkibiga fuqarolik turar-joylar uchun mo‘ljallangan binolarining 
(asosan, turar joy uylari) xususiy tayyorlangan materiallar (yirik panelli, hajmiy 
va shu kabi turdagi) asosidagi qismlardan industrial uslubda qurilishi kiritiladi. 
Tashkil qilishning bu shaklida bitta korxona yopiq tavsifli texnologik sikl 
bo‘yicha qurilishga oid ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishga yo‘naltiriladi – 
ya’ni, qismlarni tayyorlashdan ularni qurilish maydonlariga tashib, yetkazib 
berish, ob’yektlarni qurishgacha va ularni foydalanishga topshirishgacha 


64 
bajariladi. Uy–joy qurilishi kombinatida barcha ixtisoslashtirish turlari rivoji
ifodasini topadi: 
Sohaga oid 
– ma’lum bir aniq seriyadagi turar joy uy inshootlari; ma’lum 
bir zavod, sexlarda va bir joylarda alohida qismlarning ko‘p seriyali – ya’ni, 
qismlar bo‘yicha; tayyorlanishi
texnologik 
– doimiy tarkibdagi jamoalar 
(brigadalar, oqimlar, boshqarmalar) tomonidan alohida turdagi ishlarning 
(montaj pardozlar va boshqa turdagi ishlar) bajarilishi qayd qilinadi. Uy – joy 
qurish kombinati qurilishning kombinatsion tavsifli shakli bo‘lib, turli 
korxonalarni birlashtirish yo‘li bilan yig‘ishga asoslangan yakuniy mahsulot 
ishlab chiqarishga qaratilgan, yagona maqsad asosida birlashtirilgan majmuaviy 
korxona hisoblanadi.
Uy–joylar qurilishi kombinati ommaviy tavsifdagi qurilishning nisbatan 
samarali uslubi bo‘lib, zamonaviy industrial qurilish ishlab chiqarish tashkiliy 
shakliga misol bo‘la oladi. Materiallarni tayyorlash, tashish, yetkazib berish
yig‘ish va boshqa ishlarning uzluksiz texnologik jarayoni qurilishda oqimli
tashkillashtirishni vujudga keltirish uchun optimal shart-sharoit hisoblanadi. 
Ixtisoslashish darajasining oshirilishi zavodda, tashish va yetkazib berish hamda 
qurilish jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarni ta’minlash, bajarish davri 
muddatlarini qisqartirish va qurilish sifatini oshirish imkonini beradi.
Uy–joy qurilishi kombinatida maydon birligiga nisbatan hisoblangan 
mehnat sarf–xarajatlari an’anaviy uslubda qurilish trestlari bilan solishtirganda 
20–30% pastligi, shuningdek maydonlarning ko‘tarish qurilmalari minoralariga 
chiqish darajasi 1,7 – 1,8 martagacha yuqori, apparat tarkibi son miqdori 15 – 
17%ga kam bo‘lishi va rentabellik qiymati esa – 1,6 – 1,7 martagacha yuqori 
bo‘lishi qayd qilinadi. Shunga qaramay O‘zbekiston sharoitida bunday turdagi 
kombinatlar tugatilgan bo‘lib, ular tarkibidagi ayrim korxonalar (zavodlar) 
faoliyat yuritadilar. Deyarli barcha uy qurish kombinatlari subpudratchilar 
sifatida o‘rin tutib, ular bir holda quriladigan uyning yer usti qismi bo‘yicha 


65 
barcha ishlar majmualarini bajarsa, boshqa holda – faqat, montaj ishlarini 
bajarishi uchinchi holda – montaj va umumiy qurilish ishlarining bir qismini, 
bundan tashqari ixtisoslashtirilgan ishlarni bajarishi mumkin. Ayrim uy–joylar 
qurish kombinatlari binolarning yer osti qismini qurish bilan ham 
shug‘ullanadilar. Uy – joy qurish kombinatlari uchun bosh pudratchi – kvartal 
qurish hududiy trestlari bo‘lib, ular hududni muhandislikka oid tayyorlash uchun 
ishlar majmini amalga oshirib, binolar yer osti qismlarini bunyod etadi, 
qulayliklar yaratadi, bundan tashqari madaniy – maishiy maqsadlarda 
foydalanishga mo‘ljallangan va boshqa turdagi, yashashga mo‘ljallanmagan 
ob’yektlar qurilishini amalga oshiradi (Sankt – Peterburg miqyosida) yoki faqat, 
nolinchi bosqich ishlarini bajaradigan, poydevor qurilishini amalga oshiruvchi 
trest sifatida faoliyat olib boradi (Moskva va boshqa shaharlar hududlarida). Bu 
holda massivda joylashgan boshqa binolar o‘zga tashkilotlar tomonidan quriladi. 
Shu bilan birga, bosh pudratchi bo‘lgan uy–joy qurish kombinatlari ham mavjud 
(Sankt – Peterburg, Quyi Novgorod va boshqa hududlarda), bunda umumiy 
qurilish va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar subpudratchilar bilan tuzilgan 
shartnoma bo‘yicha hududning nolinchi bosqichidan boshlab va hududni 
tayyorlash ishlarini, ixtisoslashtirilgan maxsus ishlar va barcha pardozlash 
ishlarini yoki ularning bir qismini amalga oshiradilar. Uning tuzilmasi va 
xo‘jalik xususiyatlari va shuningdek, ma’muriy– huquqiy qoidalar, uning 
tarkibidagi korxonalarga bog‘liq holda uy–joylar qurilishi kombinatlari uchta 
turga ajratiladi.
Leningradcha turdagi
uy – joy qurish kombinatlari ular tashkil etilgan joy 
nomidan kelib chiqqan bo‘lib, ularda yagona tavsifdagi qurilish balansi mavjud.
Kombinat ichida korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ichki xo‘jalik 
hisobi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Boshqaruv tizimi ikki zvenoli 
tavsifga ega: ya’ni, kombinat boshqaruvida ishlab chiqarish sexlari, qurilish va 
ixtisoslashtirilgan uchastkalar (oqimlar) bo‘ysunadi. 
 


66 

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin