77
Shu
bilan birga, yetarli quvvatga ega bo‘lgan, trest turidagi qurilish
korxonalarisiz neft–kimyo, metallurgiya, neft–gaz quvur o‘tkazmalari, keng
ko‘lamdagi ommaviy qurilishlar va boshqa
turdagi yirik muhandislik
inshootlarida tegishli loyihalarni amalga oshirish mumkin emas. Shundan kelib
chiqib, navbatdagi qismda qurilish trestlari va qurilish boshqarmalari (QB)
boshqaruv apparatining tuzilmasi va funksiyalari misollari ko‘rib chiqiladi.
Qurilish – montaj tashkilotlarining boshqaruv faoliyati chiziqli tavsifdagi
va funksional ishchi – xodimlardan (
personal
) tashkil topgan, tashkilot
rahbariyati va boshqaruv apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Joylarda
boshqaruvchi xodimlar
– katta ish boshqaruvchi, ish boshqaruvchilar, usta,
dispetcher, geodezist, uchastka mexanigi
va boshqalardan iborat;
funksional
ishchi – xodimlar
esa – ishlab chiqarishni tayyorlash va boshqarishga
ixtisoslashtirilgan
funksiyalarni bajaradigan, trest boshqaruvi va boshqaruv
apparatining ishchi – xodimlaridan tashkil topgan.
Trest boshqaruvi boshqaruvchi va unga bo‘ysingan apparat, ya’ni, trest
ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi (3.5 – rasm).
Dostları ilə paylaş: