Mustaqillik yillarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Urgench, Farg‘ona va boshqa shaharlarda o‘tmishda o‘tgan buyuk tarixiy shaxslar madaniyat arboblariga bag‘ishlab ko‘plab tarixiy-madaniy inshootlar qurildi, mavjudlari esa qayta ta'mirlandi. Bunda respublikamiz me'morlari barcha imkoniyatlardan to‘la foydalanib, faol qatnashdilar. B.Usmonov salohiyati va iste'dodining yangi qirralari ham xuddi shu yillarda yarq etib ko‘zga tashlandi. So‘nggi o‘n yil mobaynida O‘zbekiston va chet ellarda qurilgan yirik inshootlarning ko‘pchiligida u yaqindan ishtirok etdi.
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining binosi, Olmoniyaning Zul shahridagi «O‘zbekiston» choyxonasi, Volgograd shahridagi «Toshkent» restoranining qayta qurilgan binosi, Toshkent va Shahrisabz shaharlaridagi Amir Temurga bag‘ishlangan monumental haykallar, B.Usmonovning mustaqillik yillaridagi ijodining mahsulidir.

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlaridagi tarixiy yodgorliklarni tiklashda ham qatnashdi.
Toshkent
Shaxrisabz
O’zbekiston elchixonasi.Moskva
B.Usmonov qator tanlovlarda ishtirok etib, bir necha marotaba sovrindorlar qatoridan joy oldi. O‘zbekiston va Xalqaro miqyosida bo‘lgan simpozium, kongress va seminarlarda maqola va ma’ruzalari bilan qatnashdi.

1999 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan masjidlar me'morchnligiga bag‘ishlangan Simpoziumda «Yuqori baho sertifikati» (Grandiga)ga sazovor bo‘ldi. U 1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston arxitektura yodgorliklari» kitob-albomlarining muallifidir.
Sochi shahridagi «O‘zbekiston» savdo trayektoriyasi majmuasini loyihalashtirgani va qurgani uchun 1977 yilda B.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
1988 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me'mor» unvoni bilan, 1995 yilda Buxoro tarixiy mintaqasi me'morchilik yodgorliklarini tiklagani uchun Xalqaro «Agakhan» mukofoti bilan taqdirlandi.