Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura Fakulteti Arxitektura Tarixi va Nazariyasi fanidan mustaqil ishi mavzu: Arxitektor Usmanov B. M hayoti va ijodi
Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura Fakulteti Arxitektura Tarixi va Nazariyasi fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu:Arxitektor Usmanov B.M hayoti va ijodi
Botir Usmonov 1941 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1969 yilda Toshkent Politexnika institutining arxitektura fakultetini tugatgach, O‘zbekiston Davlat loyiha institutida me'morlar guruhi rahbari bo‘lib mehnat faoliyatini boshladi.
Botir Usmonov 1941 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1969 yilda Toshkent Politexnika institutining arxitektura fakultetini tugatgach, O‘zbekiston Davlat loyiha institutida me'morlar guruhi rahbari bo‘lib mehnat faoliyatini boshladi.
1971-1978 yillarda Toshkent Bosh loyiha institutida loyihalar bosh me’mori, 1978-1982 yillarda O‘zbekiston madaniy yodgorliklarini ta'mirlash ilmiy-tekshirish va loyiha institutida bo‘lim bosh me’mori, 1982-1988 yillarda O‘zbekiston tajriba ilmiy-ta’mirlash badiiy me’morchilik tashkiloti direktori bo‘ldi.
1988-1989 yillarda Toshkent shahar me’morchilik va qurilish Bosh boshqarmasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda Toshkent shahar me’morchilik va qurilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i va Toshkent shahar Bosh me'mori, 1990-1993 yillarda O‘zbekiston Arxitektura Davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlab, 1998 yildan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy yodgorliklarini saqlash ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Talabalik yillarida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab, kichik-kichik binolarning loyihasini tuzish va qurishda qatnashib, ancha tajriba orttirgan B.Usmonov asta-sekin yirik-yirik ma’muriy va turar-joy inshootlarini, dam olish maskanlarini qurdi. Toshkentdagi knyaz Romanov, Polovsev saroylarini qayta ta’mirlashda qatnashdi.