Toshkent arxitekturava qurulish instituti qurulishni boshqarish fakulteti



Yüklə 249,37 Kb.
səhifə8/14
tarix12.05.2023
ölçüsü249,37 Kb.
#112225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Hojiyev Dilshod kurs ishi 27-20 ....

ΔR= Kr *R*P (24)
bu erda, Kr – manganin qarshiligining o‘zgarish koeffisnenti, 1/Pa;
R - qarshilik, Om.
Manganin qarshiligining chiziqli bog‘lanishi tajriba ma'lumotlaridan 3000 MPa bosimgacha tasdiqlanadi. Bundan tashqari, manganin elektr qarshiligining harorat koeffisienti juda kichik. O‘zgartgich sezgirligining kichikligi bu manometrlarni juda yuqori (100 MPa dan ortiq) bosimlarni o‘lchash uchun qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Manganin uchun Kr =0,2295 dan 0,2461 1/Pa gacha.
O‘zgartgichdagi manganin qarshiligini o‘lchash uchun, odatda, ko‘priklar, aniq o‘lchovlar uchun esa potensiometrlar qo‘llanadi. Manganin qarshilikli manometrlarning yo‘l qo‘yadigan asosiy xatosi ± 1 % dan oshmaydi. Asbobsozlik sanoatida chiqarilayotgan MM-2500 manganinli manometrlar 2500 MPa gacha bosimni o‘lchaydi.
Yarimo‘tkazgichli datchiklarning pezokoeffetsienti manganinnikidan ming marta ortiq, lekin datchiklar qarshiligining bosimga bo‘lgan bog‘lanishi nochiziqlidir. Bundan tashqari, katta miqdordagi gisterezis mavjud bo‘lib, harorat ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Yarimo‘tkazgichli qarshilik datchiklari mexanik jihatdan pishiq emas, ular 10 MPa dan ortiq bosimlarni o‘lchashga yaroqsiz.

7 – rasm. Pezoelektrik manometrning prinsipial sxemasi.
4.Pezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba'zi kristall moddalarning mexanik kuch ta'sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa pezoeffekt deb ataladi. Pezoeffekt kvars,turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu turdagi asboblarda ko‘pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning pezoelektr effekti +500°C gacha bo‘lgan haroratga bog‘liq emas, lekin +570°C dan oshgan haroratda bu effect nolga teng bo‘lib qoladi.
Q kuch ta'sirida kristall plastinka yuzalarida paydo bo‘ladigan elektr zaryad ushbu tenglama bilan topiladi:
Q=Kp*F (25)
bu erda, Kp—pezoelektrik doimiy, Kl/N, Kp ning qiymati plastinaning o‘lchamiga bog‘lik emas va kristallning tabiati bilan belgilanadi.
Kvars uchun Kp=2,1• 10-12 Kl/n.
7 - rasmda pezoelektrik manometrning sxemasi ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan bosimni (4) membrana kuchga aylantiradi, bu kuch esa diametric 5 mm va qalinligi 1 mm bo‘lgan kvars plastinalar (2) ning ustunlarini siqilishga majbur qiladi. Vujudga kelayotgan Q elektr zaryad (1) chiqishlar orqali katta kirish qarshiligiga (1013 Om) ega bo‘lgan elektron kuchaytirgich (5) ga uzatiladi. Zaryadning qiymati o‘lchanayotgan P bosim bilan quyidagicha bog‘langan:
. Q=Kp*S*P (26)
bu erda, S — membrananing samarali yuzi.
Asbobning inertsionalligini kamaytirish uchun kamera (3) ning hajmi minimallashtiriladi.100 MPa (1000 kgk/sm2) gacha bosimlarni o‘lchashga imkon beruvchi pezokvarsli manometrlar tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda keng qo‘llanadi. Pezoeffektning afzalligi uning inertsionsizligidir. Bu asboblar bosimlari tez o‘zgaradigan jarayonlarni (kavitasiya, portlash) o‘rganishda juda qulay. Pezoelektr manometrlarning aniqlik sinfi 1,5; 2,0.

Yüklə 249,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin